10:55, 16.09.2021 // 16605

Britni Spirs Instagram sahifasini o‘chirib yubordi

Amerikalik mashhur xonanda Britni Spirs Instagram ijtimoiy tarmog‘ini tark etdi. Britnining akkauntidagi “Kechirasiz, bu sahifa mavjud emas” yozuvi bunga isbot bo‘la oladi.

Foto: “Korrespondent.net”

Instagram’da 34 million obunachisi bo‘lgan Britni keyinroq Twitter sahifasida nima uchun bunday qarorga kelganini ma’lum qilgan.

Foto: “Korrespondent.net”

“Unashtiruvimni nishonlash uchun shunchaki kichik tanaffus qilyapman. Tez orada qaytaman”, — deb yozib qoldirgan xonanda. Avvalroq unashtiruvini e’lon qilgan Spirs brilliant uzugini muxlislariga ko‘rsatgani haqida xabar berilgandi.

Eng ko‘p o‘qilgan

Qidiruv