Netflix’ning “Qirolichaning yurishi” serialining rejissori va ijrochi prodyuseri Skott Frenk loyiha ikkinchi mavsumga uzaytirilmasligini ma’lum qildi, deb xabar beradi Esquire.

Foto: Legion Media

“Biz o‘zimiz xohlagan voqeani hikoya qilib bera oldik deb hisoblayman. Xavotirim shundaki yoki boshqacha aytadigan bo‘lsam qo‘rqamanki, ko‘proq narsani aytishga urinsa, boriniyam buzib qo‘yamiz”, — deydi Frenk.

Shu bilan birga, serialning ijrochi prodyuseri Uilyam Xorberning so‘zlariga ko‘ra, loyiha ishtirokchilari birgalikda ishlashda davom etadi. Uning gapiga bosh rol ijrochisi Anya Teylor-Joy ham qo‘shilgan.

“Shu kabi ehtiros va shunday ajoyib artistlar jamoasi bilan taqdim etish mumkin bo‘lgan boshqa voqeani qidirishga urinib ko‘ramiz”, — deya qo‘shimcha qiladi Xorberg. “Qirolichaning yurishi” yaratuvchilari yangi loyihaga Mozes Ingrem va Meriel Xellerni taklif etish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, 19-sentabr kuni “Qirolichaning yurishi” eng yaxshi miniserial nominatsiyasi bo‘yicha “Emmi” mukofotini qo‘lga kiritdi.