Bular shunchaki bezak emas, ular ham filmda o‘ziga yarasha aniq bir vazifani bajargan. Bundan tashqari, filmlar namoyish etilgach, eng yuqori narxlarda auksionda sotuvga qo‘yilgan.

“Titanik” – “Ummon qalbi” marjoni

Foto: Pinterest

Filmdagi mashhur marjon asl nusxa emas: Asprey & Garrad uni haqiqatan ham film uchun yaratgan va u olmos bilan emas, haqiqiy sapfirdan foydalangan. Shunday qilib, marjon atigi 10 ming dollarga tushdi. Ammo faqat keyinchalik film namoyish etilgach va tomoshabinlar kinoteatrlarga bostirib kirib, sevimli qahramonlarining yuzi tushirilgan futbolkalarni sotib olishni boshlaganda, zargarlar aynan o‘sha zargarlik buyumlarini yaratdi. Lekin bu safar 170 qirotli sapfir va 65 olmos bilan yasaldi va xayriya auksionida 2,2 million dollarga sotildi.

“Janoblar malla sochli ayollarni afzal ko‘radi” – “Baroda oyi” sariq olmosli afsonaviy marjon

Foto: Cosmopolitan

Merilin Monro olmoslar qizning eng yaqin do‘sti ekanligi haqida kuylabgina qolmay, ochiqchasiga namoyish etdi. Uni pushti libosda va Garri Uinstonga tegishli 24 qirotli sariq “Baroda oyi” olmosli afsonaviy marjoni bilan yoddan chiqarib bo‘lmaydi. Suratga olish paytida, bu tosh, taxminan, 500 yoshda edi, u haqda afsona va hikoyalar yetarlicha bo‘lgan. Film suratga olingandan keyin yana qanday voqealar ro‘y bergani noma’lum, lekin bir muncha vaqt o‘tgach, olmos kimoshdi savdosida marjonsiz paydo bo‘lgan va milliard dollarga baholangan.

“Go‘zal xonim” – yoqut marjon

Foto: Cosmopolitan

“Go‘zal xonim” filmida Richard Gir Juliya Robertsga qutichani ochib, uni oxirgi lahzada yopib qo‘yadigan sahnasini ko‘pchilik eslasa kerak. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu sahna aniq yozilmagan, lekin aktyorlarning improvizatsiyasi shu qadar jonli va samimiy bo‘lib chiqdiki, u oxirgi qismga kiritildi. Qutida fransuz zargarlik uyi Fred Joaillier tomonidan tayyorlangan 23 dona nok shaklidagi yoqut va olmos sochilgan marjon bor edi. Filmni suratga olish paytida mahsulotning narxi 250 ming dollarni tashkil etdi va filmning ajoyib muvaffaqiyatidan so‘ng uning narxi 1,35 million dollargacha oshdi.

“Mulen Ruj” – olmos marjon

Foto: Cosmopolitan

“Mulen Ruj”dagi filmidagi marjon Ginnesning rekordlar kitobiga kino tarixidagi eng qimmat marjonlar ro‘yxatiga kiritilgan – ijara narxining o‘zi 10 million dollar. Qizig‘i shundaki, bu marjon Nikol Kidmanning o‘ziga xos injiqligiga ko‘ra o‘zgartirilgan. Dastlab Swarovskiy kristalli zargarlik buyumlari suratga olish uchun qilingan, lekin aktrisa uni taqishdan bosh tortgan. Keyinchalik 134 qirotdan iborat 1308 ta olmos Satin marjon shunday paydo bo‘ldi. Uning yaratuvchisi avstraliyalik zargar Stefano Kanturi marjondan ayrilishni istamadi va uni auksiondan olib, shaxsiy kolleksiyasida qoldirdi.

“Shamollarda qolgan hislarim” – Skarlettning dafn marosimida taqqan to‘g‘nog‘ichi

Foto: Cosmopolitan

Skarlettning didi haqiqatan ham yuqori bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida pardadan ham kiyim tikishi mumkin edi. U shaharga pul topish va Tarani qutqarish uchun borganida, hech kimda munosib kiyim qolmaganligi uchun libosni pardadan tikishga qaror qiladi. Liboslar dizaynerlarining oldiga qiyin vazifa qo‘yildi va ular bu vazifani uddaladi. Qahramonning kiyimlari o‘sha davr modasiga ta’sir ko‘rsatdi. Skarlettning dafn marosim to‘g‘nog‘ichi liboslar dizayneri Uolter Plankettning onasiga tegishli.

“Yulduzlar jangi” – Leyaning marjoni

Foto: Cosmopolitan

Yo‘q, bu marjon film uchun maxsus ishlab chiqarilgan emas – finlyandiyalik zargar Byorn Vekstrem buyurtmani bajarishga ulgurmagan, shuning uchun Lukas Space Silver kolleksiyasidan bir nechta buyumlarni tanlagan. Gap shundaki, dizayner kosmosning katta muxlisi edi va bu to‘plamni “Apollon 11”ning Oyga qo‘ngan yiliga bag‘ishlagan.

“Sayyoh” – olmosdan yasalgan choker

Foto: Cosmopolitan

Film sahnalaridan birida bosh qahramon Anjelina Joli oltita naqshin olmos bilan qoplangan va olmos barglari bilan bezatilgan hashamatli chokerda paydo bo‘ladi. Bu 1,1 million dollarlik choker zargar Robert Prokop tomonidan qayta ishlangan va Anjelina Jolining Style of Jolie zargarlik buyumlari to‘plamining asosini tashkil qilgan.

“Buyuk Getsbi” – olmos bosh bezagi

Foto: Cosmopolitan

Buyuk Getsbi uchun Tiffany&Co zargarlik buyumlari to‘plamini yaratdi. Gap shundaki, 1920-yillarda, film voqealariga ko‘ra, kompaniya gullab-yashnagan, shuning uchun davrni qayta tiklashda arxivlarni yig‘ish kifoya edi. To‘plamlarning eng zo‘rlari – qahramon Di Kaprio uchun abadiy sevgining ramzi bo‘lgan uzuk. Esda qolarlisi, oq va sariq olmos hamda marvaridli Savoy bosh kiyimi. Mutaxassislar uning narxini, taxminan, 335 ming dollarga baholamoqda.

“Tiffanida nonushta” –120 marvariddan iborat marjon 

Foto: Cosmopolitan

Eng qimmatbaho zargarlik buyumlari – Tiffani nomi berilgan yorqin sariq olmosli marjon. U film uchun maxsus yaratilgan. Tomoshabinlarning Odri Xepbyornning ingichka bo‘ynini bezatgan olmos atirgulli marvarid marjoni yodida. U qora libos, baland soch turmagi va katta ko‘zoynak bilan birga tarixda qoldi.

“Opa-singil Boleynlar” – “B” shaklidagi katta marjonli marvarid marjon

Foto: Pinterest

Natali Portman taqib yuradigan zargarlik buyumlari dizaynerlarning ixtirosi emas. Anna Boleyn “B” lotin harfi bilan aks etgan taqinchoqni juda yaxshi ko‘rardi. Uni bo‘lajak Angliya qirolichasining portretlarida ko‘rish mumkin. Ammo keyinroq marjon bilan nima sodir bo‘lganini hech kim bilmaydi, balki uni Anna qizi meros qilib olgan va hozirgacha Bukingem saroyi kolleksiyalarida saqlanmoqda.

“Sumerki” – Bellaning nikoh uzugi

Foto: Cosmopolitan

Infinite Jewelry Co. kartinaning rasmiy zargarlik uyiga aylandi va Bellaning unashtiruv uzugi shaxsan zargarlik brendi asoschisi Shelli Eshton tomonidan yaratilgan. Aytishlaricha, unga Stefani Mayer yordam bergan. Natijada olmos bilan bezatilgan ulkan viktoriancha uzuk hosil bo‘lgan. Gollivuddagi tematik auksionda uzuk 16,8 ming dollarga sotildi.

“Kleopatra” – Elizabet Teylorning ilon bilaguzugi

Foto: Cosmopolitan

“Kleopatra” filmi o‘z davrining eng qimmat kartinalaridan biriga aylandi va Elizabet Teylor suratga tushish paytida 60 dan ortiq kiyimlarini o‘zgartirdi. Ammo ijodkorlar zargarlik buyumlarini tejashga qaror qildi. Filmdagilarning hammasi buyuk malikaning haqiqiy kolleksiyasi asosida yaratilgan yuqori sifatli zargarlik buyumlari. Ilon shaklidagi bilaguzuk-soat Elizabet Teylorning sevimli taqinchog‘i. Aktrisa ularni kartinaning bir qismi bo‘lishini talab qildi: ilon ramzi imperator tarixida juda muhim ahamiyatga ega. Film chiqarilishiga bag‘ishlangan fotosessiyadan so‘ng soat savdosi keskin oshdi.