Quyidagi filmlar millionlab daromad keltirgan, ya’ni millionlab tomoshabinlarga yoqqan. Ular orasida siz ko‘rmagan filmlar bo‘lsa, darhol tomosha qilishni tavsiya etamiz.

“Avatar” — 2 847 246 203 dollar

Foto: Cosmopolitan

Film sujeti murakkab emas: falaj bo‘lib qolgan dengiz piyodasiga qiziqarli ish taklif qilinadi. Ish uchun bonus sifatida u uch metrli dumli tana va Pandoraga xizmat safari va’da qilinadi. Na’avi mahalliy aholisi bilan muzokara olib borish yoki ularni yo‘q qilishga qaror qilish uchun korporatsiya shunday yo‘l tutishga muhtoj. Ammo voqealar rivoji soddaligiga qaramay, “Avatar” inqilobiy loyihaga aylandi. Ijodkorlar kinematogarfiyaning o‘lgani haqidagi barcha gap-so‘zlarga nuqta qo‘yib, 3D texnologiyasiga yangi hayot bag‘ishladi. To‘g‘ri, buni Kemeron o‘ylab topgani yo‘q, lekin u shu maqsadni o‘z jamoasi oldiga qo‘ya oldi.

“Qasoskorlar: Final” — 2 797 501 328 dollar

Foto: Cosmopolitan

Yovuzlik xudosi Tanos “Qasoskorlar” jamoasining yarmini changga aylantirgandan so‘ng, dunyo qasos olinishini kutib muzlab qoldi. Filmning birinchi rasmiy treyleri YouTube kanali tarixida birinchi marta 4 soatdan kamroq vaqt ichida milliondan ortiq layk to‘pladi. Dastlabki kunlarda film bir nechta rekordlarini o‘rnatdi: eng tez yig‘ilgan 1 milliard dollar (5 kun), dunyo bo‘yicha dam olish kunlari yig‘ilgan eng katta yig‘im (1,2 milliard dollar), IMAX formatidagi dunyo bo‘yicha dam olish kunlari to‘plangan eng katta mablag‘ (91,5 million dollar), 3D formatdagi dam olish kunlari to‘plangan eng katta pul (540 million dollar).

Kutilganidek, film avvalida do‘stlarining o‘limidan yoki shaxsiy muammolardan omon qolgan qahramonlarning chalkashliklari va umidsizliklarini kuzatish mumkin. Ammo keyinroq hamma jasorat topib, yovuzlikni oxirigacha jazolash uchun oltita Abadiyat toshini yig‘ishga kirishadi. Sujet davomida jamoadagi barcha ierarxiya bir necha bor takrorlanadi: bir nechta kutilmagan hodisalar, ta’sirli daqiqalar.

“Titanik” — 2 201 647 264 dollar

Foto: Cosmopolitan

“Titanik” filmi (1997) o‘z davrining eng qimmat kino loyihasi bo‘lgan va hozirgacha eng ko‘p daromad keltirgan uchta filmdan biri bo‘lib turibdi, tomoshabinlar esa uni haligacha sevib tomosha qilishadi. My Heart Will Go On qo‘shig‘ini kim ham bilmaydi yoki “Men dunyoning shohiman” jumlasini kim ham baqirib aytmagan deysiz? Oxirgi sahnada yig‘lamaganlar topilmaydi ham.

“Yulduzlar jangi: Kuchning uyg‘onishi” — 2 068 455 677 dollar

Foto: Cosmopolitan

Jorj Lukasning taxminiga ko‘ra, yangi avlodni qiziqtirishi kerak bo‘lgan mazkur trilogiya oxir-oqibat barchani qiziqtirib qo‘ydi. Albatta, eski muxlislar sevimli qahramonlarini va sevimli dunyolarini uchun filmni ko‘rishdi, shu bilan birga, bolalarini ham o‘zlariga ergashtirishdi. Sirli oliy yetakchi Snouk va uning o‘ng qo‘li Kaylo Ren boshchiligidagi Birinchi Orden imperiyaning izidan borib, butun hokimiyatni qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Shu bilan birga, taqdir yosh qiz Rey va Finning birinchi ordenli sobiq hujumchisini imperiya bilan urush qahramonlari — Xan Solo, Chevbakka va general Leyaga yuzlashtiradi. Ular birgalikda Birinchi Orden bilan kurashib, hammani qutqarishi kerak.

“Qasoskorlar: Abadiyat jangi” — 2 048 359 754 dollar

Foto: Cosmopolitan

Qasoskorlar va ularning ittifoqchilari dunyoni bitta super qahramon bardosh bera olmaydigan turli xil xavflardan himoya qilishda davom etar ekan, kosmosdan yangi tahdid paydo bo‘ladi: Tanos. Tanos shunchaki yovuz emas, uning oliy maqsadi bor — Koinotni aholi ko‘payishidan qutqarish, buning uchun esa odamlarning yarmini yo‘q qilish kerak. Aynan shu yerda “Qasoskorlar” buning oldini olishga harakat qilishadi.

“Yura davri dunyosi” — 1 670 516 444 dollar

Foto: Cosmopolitan

1993-yilda dinozavrlar birdaniga dunyoni egallab olishdi. Ular to‘satdan hayotga qaytgani yo‘q, balki Stiven Spilberg nihoyat uzoq vaqtdan beri davom etgan g‘oyani — Maykl Krixonning triserataps, velotsiraptor, apatozavr va braxiozavrlar bog‘i haqidagi romanini suratga olishini boshladi. Ammo uzoq tanaffusdan qaytgan parkdagi dinozavrlar yanada aqlli, shu bois ham maxsus effektlar yanada kuchaytirilgan. Film qahramoni Kris Prattni esa juda og‘ir vaziyat kutib turibdi.

“Qirol sher” — 1 657 870 986 dollar

Foto: Cosmopolitan

Barcha davrlarning eng yaxshi multfilmi asosida film suratga olindi. Ijodkorlar asl nusxaga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishdi, ular shunchaki barcha hayvonlar: sherlar, chiyabo‘rilar va boshqa tirik mavjudotlarni jonlantirishdi. Ularning realizmi biroz qo‘rqinchli, shuning uchun ham tanqidchilar (va tomoshabinlar) uni ruhsizligi uchun tanqid qilishgan. Lekin bu yerda fikr ruhning yo‘qligida emas, balki tez rivojlanayotgan texnologiyalarda, degan fikr ham bor.

“Qasoskorlar” — 1 518 815 515 dollar

Foto: Cosmopolitan

“Qasoskorlar”ning birinchi qismini barcha tomosha qilishi kerak. Garchi  komikslarni yoqtirmasangiz ham, ular sizga kulgili tuyulsa ham. Hatto dunyoni qutqaradigan, kostyum kiygan qahramonlar sizni xafa qilsa ham. Shunchaki ular o‘ziga xos bo‘lgani uchun. Davomini ko‘rishingiz shart emas, bunday hayajon keyingilarida bo‘lmaydi.

“Forsaj 7” — 1 515 255 622 dollar

Foto: Cosmopolitan

Ehtimol, bu filmlar o‘ntaligidagi eng bema’ni filmdir, lekin ayni paytda juda mashhur kartina ham. Shafqatsiz Vin Dizel, shovqinli dvigatellar, mashinalar, keskin burilishlar... To‘g‘ri, u 2013-yilda avtohalokatda vafot etgan “Pol Uokerning oxirgi filmi” sifatida ekranga chiqdi. Xullas, hammasi odatdagidek — poygachilar jamoasi yovuzlik bilan to‘qnash kelishadi, bu safar yovuzlik rolida — marhum Ouen Shouning ukasi Dekart.

“Muzyurak 2” — 1 450 026 933 dollar

Foto: Cosmopolitan

Multfilmning davomi birinchisidek hayajonli bo‘lmadi, lekin u kassa qilish bo‘yicha ko‘proq daromad keltirdi. Anna, Elza, Kristof, uning sodiq bug‘usi Sven va hech qachon tushkunlikka tushmaydigan qorbola Olaf shinam Arendel qirolligini tark etib, xavfli safarga — shimolga borishga majbur bo‘ladi. Film ijodkorlari mazkur kartina sujetiga ko‘proq sehr berdi, ammo birinchi qismni xitga aylantirgan asl sujet o‘zgarib ketdi. Lekin ikkinchi qism ham tomosha qilishga arziydi.