SAP’ning strategik hamkori — LeverX Group mavjud Makro ERP tizimini yangiladi. Ular qatoridan buxgalteriya hisobi, sotuvlar, logistika va nazorat operatsiyalari uchun takomillashtirilgan va avtomatlashtirilgan yechimlar o‘rin olgan.

Makro tarmog‘i SAP yechimlardan 2015-yildan beri foydalanib keladi, ammo moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga (MHXS) o‘tish uchun buxgalteriya, sotuvlar, logistika va kontrolling (nazorat) operatsiyalari uchun yechimlarni oxirigacha ishlab chiqish va avtomatlashtirish talab etilar edi.

SAP integrator sifatida Makro SAP’ning strategik hamkori sifatida LeverX Group guruhini tanladi. Kompaniya maslahatchilari buyurtmachilar bilan audit o‘tkazdilar va joriy biznes jarayonlardan qaysilari dolzarbligi, qaysilarini esa qayta ko‘rib chiqish yoki noldan boshlab sozlash kerakligini aniqladilar.

ERP tizimining transformatsiyasi Makro kompaniyasiga buxgalteriya va soliq hisobini qonunchilik talablariga muvofiq shaffof va to‘g‘ri olib borishni ta’minlash imkonini berdi. Shuningdek, Makro tarmoq riteyleri hatto har bir tarkibiy bo‘linmalari (do‘konlari)gacha, tahliliy hisobotni xarajatlar moddalari bo‘yicha shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu xarajatlarni o‘zgartirish bo‘yicha to‘g‘ri boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini beradi.

Vladimir Ismailov, Makro moliya ishlari bo‘yicha direktori:

Bu yil bizning oldimizda MHXS standartlari bo‘yicha moliyaviy hisobga olishga o‘tish vazifasi turar edi va biz bu yo‘nalishda zaruriy ekspertizaga ega bo‘lgan LeverX Group jamoasi tufayli buni muvaffaqiyatli uddaladik. LeverX Group jamoasi bilan hamkorlikdagi ishlar natijasi Makro’ga SAP yechimlari bazasida moliyaviy hisobotlarni MHXS standartlari bo‘yicha taqdim etadigan, O‘zbekistondagi ilk kompaniyalardan biriga aylanishidan juda xursandmiz”.

Ali Karimov, Makro ERP tizimini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i:

Rahbariyat tomonidan loyihani joriy etishning juda qisqa muddatlari belgilangan edi. Pandemiya sababli LeverX Group jamoasi maslahatchilarining onsite ish soatlari miqdori juda kam bo‘ldi. Dastlab biz yarim yil ichida uni muvaffaqiyatli ishga tushira olishimizga ishonmagan edik, lekin amalga oshirish bosqichida LeverX Group jamoasi tomonidan taklif etilgan Agile moslashuvchan uslubiyotidan foydalanish tufayli, biz loyihani rahbariyat belgilagan muddatlarda ishga tushirishga erishdik”.

Vladimir Kareliy, LeverX Group’ning konsalting bo‘yicha direktori:

LeverX Group jamoasi 18 yil davomida o‘z mijozlariga SAP yechimlar yordamida biznesning raqamli transformatsiyasini amalga oshirishga ko‘maklashib keladi va bugun bizning tajribamiz, jamoa miqyosi har qanday murakkab loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi. Biz Makro kompaniyasining MHXS standartlari bo‘yicha biznes jarayonlar transformatsiyasi loyihasini amalga oshirishni bizga ishonib topshirganidan xursandmiz, u buyurtmachiga diqqat-e’tiborni strategik vazifalarga qaratishga, biznes jarayonlarni takomillashtirishga va bozorda o‘zining raqobat ustunligini mustahkamlashga yordam beradi”.

LeverX Group — SAP bazasida raqamli transformatsiya loyihalarini amalga oshirishga va SAP yechimlarga investitsiyalar kiritishdan olinadigan daromadlarni oshirishga ko‘maklashadigan xalqaro IT-kompaniyasi. Bugungi kunda bu yerda 1000 dan ortiq mutaxassislar ishlaydi. LeverX ofislari Belarus, AQSh, O‘zbekiston, Avstriya, Polsha, Ukraina, Rossiyada joylashgan.

LeverX Group mana 18 yildirki, SAP SE nemis kompaniyasining hamkori hisoblanadi, SAP SE, KIA Motors, KAMAZ, BMW, UzAuto, X5 Retail, Evraz, Nornickel, EvrazHolding, Magnit, RIMI Baltic, Maxima, Retal, PepsiCo kabi yirik buyurtmachilar va boshqalar uchun SAP yechimlarini ishlab chiqadi hamda joriy etadi.

Makro supermarketlari tarmog‘i O‘zbekiston bozorida 2010-yildan buyon faoliyat yuritadi. Hozirgi vaqtga kelib, u O‘zbekistondagi supermarketlarning eng yirik tarmog‘i. Unda butun mamlakat bo‘ylab 109 dan ortiq supermarket mavjud. Makro do‘konga odatdagi borishni maroqli gastronomik sayohatga aylantiradi: uning peshtaxtalarida hamma vaqt yangi non va pishiriqlar, yangi go‘sht, parranda va baliq, meva-sabzavotlar mavjud.

Supermarketlar assortimenti, xaridorlarning nimalarni afzal ko‘rishini tahlil qilish natijalari asosida, muntazam yangilanib boriladi, taklif etiladigan tovarlarning sifati esa yetkazib beruvchidan xaridorgacha bo‘lgan yo‘lning barcha bosqichlarida nazorat qilinadi.

Reklama huquqi asosida.