2021-yil 14-sentabr kuni Uztelecom GSM mobil tarmog‘i abonentlari uchun “Milliy” tarif rejasini ishga tushirdi.

O‘zbek xalqining asosiy milliy xususiyati — bu soddalikka intilish. Aloqa soddaligi, xulq-atvorning soddaligi, tanlovning soddaligi. Uztelecom milliy operatori o‘z abonentlarining, shuningdek, mamlakatimiz aholisining barcha istak va ehtiyojlarini inobatga olgan holda mobil aloqa uchun tariflar, paketlar yoki boshqa xizmatlar kabi eng sodda yechimlarni ishlab chiqish va taklif qilishga intiladi.

“Sodda” tariflar haqida gap ketar ekan, 14-sentabrdan boshlab, Uztelecom asosiy xususiyati abonent to‘lovi va xaddan tashqari limitlar narxining minimal qiymati bo‘lgan, yangi “Milliy” tarif rejasini ishga tushirdi.

Oyiga 15 000 so‘mlik abonent to‘lovi evaziga GSM mobil tarmog‘ining jismoniy abonentlari 500 Mb internet trafik, 500 ta SMS va butun mamlakat bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun 100 daqiqa qo‘lga kiritadilar. Trafik tugagach, har bir resurs birligi — 1 MB, 1 daqida va 1 SMS abonent uchun atigi 5 so‘mga aylanadi. Foydani hisoblab olish esa naqadar oson.

Yangi tarif rejasiga ulanish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:

  • 9999 qisqa raqamiga 10005 matnli SMS yuborish orqali;
  • USSD portal orqali — *111*1/2/3*11*7#;
  • MyUztelecom mobil ilovasi orqali;
  • Uztelecom sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida;
  • Milliy operatorning rasmiy dilerlarida.

Shuni ta’kidlash joizki, “Milliy” tarif rejasining hisob-kitob davri “moslashuvchan”, ya’ni kalendar oyining birinchi kunini hisobga olmagan holda hisoblanadi. Masalan, abonent 12-sentabrda ulangan bo‘lsa, keyingi abonent to‘lovini undirish 11-oktabrda bo‘lib o‘tadi. Foydalanish qulayligi va imtiyozlar — bularning barchasi milliy operatorning yangi tarifini o‘ziga xos tarzda soddalashtiradi.

E’tiborli jihati, yangi “Milliy” tarifining tasvirida o‘ziga xos milliy naqsh tasviri ishlatildi. Bu xalq amaliy san’atining barcha milliy naqshlarini yagona raqamli katalogga yig‘ishdan iborat bo‘lgan “Ornaments” ijtimoiy loyihasi yordamida amalga oshirildi. Uning yordamida mamlakatimizning barcha hududlaridan olingan rang-barang va esda qolarli naqshlar barcha foydalanuvchilarning ishlatishi uchun qulay bo‘ladi. Bu kelajak avlodlar uchun milliy san’at merosimizni saqlab qolishga yordam beradi. Hozirgi kunga qadar, ekspeditsion mutaxassislar guruhi Samarqand, Buxoro va Toshkentdagi muzeylar, ustaxonalar va madaniyat markazlariga tashrif buyurishga ulgurdilar.

“Milliy” tarif rejasi — milliy operatorning milliy tarifi.

Uztelecom — milliy operator!

Tarif rejasi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar shu yerda

Sayt: uztelecom.uz

MyUztelecom: AppStoreGoogle Play

Facebook: fb.com/uztelecom

Texnik qo‘llab-quvvatlash: fb.com/groups/tshtt.uz

Instagram: uztelecomuz

Telegram: t.me/uztelecomuz

Reklama huquqi asosida.