Gollivud yulduzi va ekologiya kurashchisi sun’iy go‘sht yetishtirishga ixtisoslashgan startapga sarmoya kiritdi, deb xabar beradi “Film.ru”.

Foto: “Film.ru”

Leonardo Di Kaprio birdaniga ikki kompaniyaga sarmoya kiritgan: Isroilning Aleph Farms va Niderlandiyaning Mosa Meat kompaniyalari. Aleph Farms birinchi bo‘lib kosmosda go‘sht o‘rnini bosuvchi mahsulot yetishtirgani va 3D printerda ribay steykini chop etgani bilan tanilgan bo‘lsa, ikkinchi kompaniya laboratoriya sharoitida hujayralardan go‘sht yetishtirgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu mavzu hozirda faol muhokama qilinmoqda, chunki sun’iy go‘sht ham hayvonlarning hujayrasi yordamida yetishtiriladi va ishlab chiqarish dastlabki bosqichlarda bo‘lib, ekologiya tarafdorlarining ko‘plab tanqidlariga uchramoqda. Biroq Di Kaprio iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashuvchilar harakatining eng mashhur a’zolaridan biri bo‘lib, uning g‘oyasi haqiqatda yordam berishi mumkin.

Aktyor faqatgina investitsiya kiritibgina qolmay, korxonalarga konsultatsiya berib keladi. Uning fikricha, ovqatlanish tizimini transformatsiya qilish iqlim inqirozidan qutulishning yana bir yo‘li hisoblanadi. Buni esa sun’iy go‘shtni yetishtirish orqali amalga oshirish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Leonardo Di Kaprio iqlim muammolari bo‘yicha BMTning tinchlik elchisiga aylangandi.