1-oktabrdan A14 va A15 bloklari xonadonlari sotuvining yangi bosqichi boshlandi. Talabning oshishi bilan kompaniya keyingi binolar maydonini kattalashtirishga qaror qildi.

MJ Developers kompaniyasi Minerva City loyihasiga start berganida ko‘pchilik savdoning muvaffaqiyatli bo‘lishiga shubha qilgan edi: ushbu xalqaro kompaniya farq qiluvchi nigohlari bilan bu loyihani qanday qilib amalga oshira oladi?

“Shahar ichida shahar” konsepsiyasiga tayangan kompaniya boshqalaridan mutlaqo farq qiladigan, barcha qulayliklarga ega, xalqaro standartlarga to‘g‘ri keladigan va Toshkentdagi boshqa qurilishlarni ortda qoldiradigan yangi shahar barpo etmoqda. Konsepsiyaning unikalligini va uning Toshkent shahri ko‘rinishini, yashash uslubini yangilashini chet elda bo‘lgan mijozlar munosib baholashdi.

Loyiha insonlar intilayotgan va orzu qilgan xalqaro darajadagi(konsepsiyasi va sifatiga ko‘ra) qulay turmush tarzi uchun zarur bo‘lgan barchasi mavjud, ko‘p funksiyali majmuadan iborat. Bu nafaqat xonadonlar: bu yerda zamonaviy tijorat maydonlari, xiyobon va ideal savdo ko‘chasi, keng golf maydoni, puxta rejalashtirilgan yashil hudud va butun majmuani o‘rab turadigan 2 kilometr uzunlikdagi samoviy ko‘prik barpo etiladi.

Yoshlarning ehtiyojlari ham e’tiborga olingan: kompaniya zamonaviy xalqaro o‘quv muassasalari — 3 000 o‘rinli maktab va 10 000 talabaga mo‘ljallangan universitetni ham qurmoqda. Majmua hududida katta yoshli insonlar va qariyb 15 000 oilaga xizmat ko‘rsatish uchun ikkita shifoxona qad ko‘taradi.

“Men Dubayda ishlaganman, shuning uchun Minerva City’da amalga oshirayotgan qurilish konsepsiyasiga mutlaqo ishonaman. Bu jahon darajasidagi hayot sifatini namoyon etadi”, — deydi Dilshod, Minerva City savdo bo‘limining rahbari.

Yutuqlar

Sotuvning birinchi bosqichi e’lon qilingan vaqtdan buyon kompaniya taklif qilgan barcha 2 xonali xonadonlarini sotib bo‘ldi va muddatidan oldin foydalanishga topshirishni rejalashtirdi. Faqatgina shu yili, sotuvga qo‘yilgan boshqa binolardagi katta 3 xonali xonadonlar qoldi.

Talabning oshishi bilan kompaniya keyingi binolar maydonini kattalashtirishga qaror qildi. 1-oktabrdan A14 va A15 bloklari xonadonlari sotuvining yangi bosqichi boshlandi. Har bir bino 16 qavat, 89 ta xonadon va 2 ta pentxausdan iborat. MJ Developers’ning foydali taklifiga ega bo‘lishga shoshiling va Minerva City’dagi hashamatli xonadonlarning sohibi bo‘ling.

Texnologiyalar

O‘zbekistonda birinchi bor Koreyada ishlab chiqilgan S shaklidagi opalubkadan foydalanilmoqda. Bu texnologiya qurilish ishlarini tezlashtirishga va xonadonlarni foydalanish uchun topshirish muddatini kamida 6-8 oy oldinga surishga imkon beradi. Bu texnologiya bilan binoning 1-qavatini hech qanday yo‘qotishlarsiz, 10 kun ichida ko‘tarish mumkin. Shu bilan birga qurilishning sifatiga bor diqqat-e’tiborimiz qaratilgan: poydevor uchun tanlanadigan beton markasidan boshlab, pardozlash materiallari sifatining muntazam nazoratigacha. MJ Developers o‘z mijozlari ishonchini oqlashga harakat qiladi. Ish ko‘lamining kattaligini hisobga olgan holda, qurilish uch smenada barcha xavfsizlik va mehnatni muhofaza qilish me’yorlari asosida olib borilmoqda.

“Binolarning tuzilishi mustahkamligi 20 foizdan ko‘proq zaxiraga ega. Loyihani amalga oshirishda poydevor mustahkamlandi, konstruksiyaning mustahkamligi va chidamli bo‘lishi uchun metall va beton markasida tejamkorlik qilmaslik topshirig‘i qo‘yildi. Odatiy uylarda devor va blok-tayanch konstruksiyalar uchun 1 kub betonga 87-130 kilogramm armatura to‘g‘ri keladi, bizning majmuamizda esa 1 kub betonga 125-127 kilogramm armatura to‘g‘ri keladi. Qurilishda chet elda buyurtma asosida yasalgan, maxsus dyuralyuminiy opalubkalardan foydalanilmoqda. Ular binolar fasadiga muvofiq, vizual elementlardan tashkil topgan. Men buni O‘zbekistonning qurilish sohasidagi yangi davri deb atayman”, — deydi R. Mansurov, qurilish sohasida 49 yillik tajribaga ega arxitektor-quruvchi.

Progress

A blokida ham parallel ravishda ishlar olib borilmoqda: ofis va chakana savdo maydonlarining 7 bloki. 10 ta turar joy binolari, E6 uy-joy bloki va U bloki — universitet shaharchasining uchta binosi qurilish jarayonida. Shuningdek, Clubhouse’ning ikkinchi qavatida, golf maydonida va uy-joy binolarining yerosti avtoturargohida ham ishlar davom etmoqda.

Manzil: Clubhouse, Minerva City, Toshkent, Yangihayot tumani, O‘zgarish qo‘tg‘oni, Alisher Navoiy massivi

Telefon: 1145

Sayt: minervacity.uz

Facebook: minervacityuz

Instagram: minervacityuz

Telegram kanal: themjdevelopers

Telegram-bot: mjdevelopers_bot

Reklama huquqi asosida.