Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent markazida to‘xtab turgan mashinalar ustiga bir asrlik daraxt qulagani aks etgan foto va videolar tarqaldi.

Foto: Telegram / “Insider.uz”

Ma’lum qilinishicha, voqea Mirobod ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Toshkent shahar IIBB axborot xizmati hodisa haqida ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, 24-sentabr kuni, taxminan, soat 17:20 da Mirobod tumani at-Termiziy nomidagi mahalla hududida daraxt (qayrag‘och) qulashi oqibatida uchta avtomobilga shikast yetgan. Аvtomobillar ichida hech kim bo‘lmagan, piyodalar zarar ko‘rmagan.

Аvtomobillar egalari sug‘urta kompaniyasiga murojaat qilgan.