“Texnoprosistem” MChJ (TPS savdo belgisi) kompaniyasi IT-yechimlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanishni boshlaydi. Amaldagi abonentlarga avvalgi shartlar asosida East Telecom kompaniyasi tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.

TPS internet provayderi O‘zbekistonning internet xizmatlari bozoriga 1999-yili kirib kelgan. Kompaniyaga telekommunikatsiya xizmatlariga bo‘lgan, o‘sib kelayotgan talabni qondirish maqsadida asos solingan edi. Innovatsion yondashuv, yangi texnologiyalarning qo‘llanilishi, dinamik rivojlanish, moslanuvchan marketing siyosati TPS kompaniyasiga O‘zbekistondagi ma’lumotlar uzatuvi tarmog‘ining yetakchi operatori bo‘lishiga yordam berdi. Bugungi kunda kompaniya mamlakatning mashhur internet provayderlari qatoridan joy olgan.

2006-yildan buyon TPSning asoschisi, “Ist Telekom” QK MChJ (East Telecom savdo belgisi) O‘zbekistonning yirik nodavlat telekommunikatsiya operatori kompaniyasi bo‘ldi.

East Telecom an’anaviy aloqa xizmatlarini hamda paketli ma’lumotlarni uzatish va multimedia xizmatlari bilan bog‘liq yangi xizmatlarni birlashtirishni ta’minlaydigan yangi avlod (Next Generation Network — NGN) texnologiyalari va yechimlaridan foydalanadigan aloqa operatoridir.

Kompaniya asosiy faoliyatining o‘zgarishi munosabati bilan TPS butun O‘zbekiston bo‘ylab internetga ulanish xizmatlarini ko‘rsatish uchun yangi obuna shartnomalarini tuzishni to‘xtatadi. Kelajakda TPS IT-yechimlarni ishlab chiqish va raqamlashtirish uchun mahsulotlarni yaratish bilan shug‘ullanadi.

2021-yil 1-oktabr sanasidan TPS abonentlariga East Telecom operatori tomonidan amaldagi shartlar asosida, tegishli shartnoma tuzilgan holda xizmat ko‘rsatish taklif etiladi. Ushbu o‘zgarishlar foydalanuvchilarga ta’sir qilmaydi: xizmatlarni olish shartlari bir xil bo‘lib qoladi. Narxlar siyosati va aloqa sifati ham o‘zgarishsiz qoladi.

Shu munosabat bilan internetga ulanish xizmatlarini olish haqida yuzaga kelgan savollar bo‘yicha East Telecom bosh ofisiga yoki Call-markazga murojaat qilishingiz mumkin.

East Telecom bosh ofisining manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko‘chasi 21

Call-markaz: +99878-150-00-00

Sayt: tps.uz

Facebook: fb.com/tps

Instagram: tps_uz

Reklama huquqi asosida.