Mashhur turk aktyori Burak O‘zchivitning qiyofadoshi Burak Xon o‘zbek serialida suratga tushmoqda. Bu haqda aktyor “Omon-omon” ko‘rsatuvida so‘zlab berdi.

“Turkiyaning Istanbul shahrida yashayman. Ikki yildan beri aktyorlik sohasidaman. O‘zbek rejissoridan taklif bo‘lganida, ham mamlakatga sayohat qilish, ham ishlash maqsadida taklifga rozilik bildirdim. Agentim menga ssenariyni ko‘rsatganida, u komedik serial bo‘lgani uchun menga ma’qul bo‘ldi”, — deydi aktyor.

Kartina direktori Bekzod Mahkamov serialga nima uchun aynan turk aktyori tanlangani haqida gapirdi:

“Tomoshabinlarimiz turk serialini sevib tomosha qiladi. Bundan tashqari, Burak Xonning tashqi qiyofasi bizning serialimizga mos keladi. Shuning uchun, yangilik qilish maqsadida serialimizga uni taklif qildik. Serialning ishchi nomi ‘Past ketish yo‘q’ deb nomlanadi. Serialda ikki professional oshpazning o‘zaro raqobati ko‘rsatib beriladi”.