#Summerpromo doirasida Ozen xalqaro leybli bilan birgalikda, mavsumning eng yorqin albomining taqdimoti Yandex.Music’da bo‘lib o‘tdi. Brend albomni qo‘llab -quvvatlab, butun mintaqada efirga uzatishni rejalashtirmoqda. Tez orada albom Apple Music’da paydo bo‘ladi.

Coca-Cola x Ozen pleylistiga iyul oyi oxirida boshlangan keng ko‘lamli tanlov doirasida leybl bilan tanlangan eng yaxshi treklar kiritilgan.

Tanlovda mualliflik musiqasini yaratadigan 350 dan ortiq yosh ijodkorlar ishtirok etdi. Tanlov shartlariga ko‘ra, saytda ro‘yxatdan o‘tib, mualliflik qo‘shig‘ini yuborish va tanlov natijasini kutish kerak edi.

“Men uchun tanlovda qatnashish qo‘shiqchi sifatida faoliyatimdagi yangi bosqichning boshlang‘ich nuqtasidir. Minglab iqtidorli ijodkorlar bu imkoniyatdan foydalana olganlari ajoyib. Bizga, albatta, bunday qo‘llab-quvvatlash juda ham kerak edi va sevimli Coca-Cola bilan bir jamoada bo‘lish, bu men uchun shaxsan yangi hikoyaning boshlanishi”, — deydi qo‘shiqchi, tiktoker Ruxsora Mirjalilova albomning chiqishiga izoh berar ekan.

Brend #summerpromo doirasida aynan mualliflik musiqasiga ega yosh qo‘shiqchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaror qilgani bejiz emas.

“O‘zbekistonda iqtidorli va faol yoshlar ko‘pligi bizni ilhomlantiradi. Coca-Cola uchun musiqa uzoq tarixdir, biz yuzdan ortiq mamlakatlarda san’atkorlar va qo‘shiqchilarni har xil formatlarda qo‘llab-quvvatlaymiz, bu bizning qadriyatlarimiz va brend falsafasining bir qismi. Bizning yozgi aksiyamiz O‘zbekistonda allaqachon yaxshi an’anaga aylangan, bu yil unda yuz minglab sovrinlar, ajoyib musiqa va Coca-Cola kayfiyati”, — dedi Assem Yerlanova Coca-Coca kompaniyasining Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasidagi marketing menejeri.

Avvalroq ushbu aksiyaning tizeri sifatida yosh qo‘shiqchilar Asiat, Ato Woody, Berniye, Abbbose, Shiza, Ruxsora Emm ishtirokida eksklyuziv klip chiqarilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, maxsus qopqoqli yutuqli aksiya 250 millilitr hajmdagi shisha idishli Coca-Cola Classic, Fanta va Sprite, 500 millilitr hajmdagi plastik idishli Coca-Cola Classic, Coca-Cola Shakarsiz va Fanta’da 30-sentabrgacha davom etadi.

Reklama huquqi asosida.