Tadqiqotchilar “Eynshteyn halqasi” nomli kosmik hodisaning suratlari yordamida uzoq galaktika bo‘yicha kutilmagan xulosalarga keldi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru. Astronomlar suratdan galaktikagacha bo‘lgan 9,4 milliard yorug‘lik yili masofasini o‘lchashda foydalangan. Shu munosabat bilan galaktika kosmik evolyutsiyaning yulduz shakllanishidagi eng yuqori cho‘qqisida ekanini aniqlagan.

Foto: ESA / Hubble & NASA

Suratda uzoqdagi galaktika makonning tortishish egriligi tufayli kattalashgan va buzilgani tasvirlangan. Yosh galaktikalarda yulduzlar to‘dasi shakllanishining favqulodda yuqori tezligi sabab u yerdagi yulduzlar ming marta tezroq “tug‘iladi”. Olimlarning hisoblashicha, ushbu xulosa zamonaviy ulkan elliptik galaktikalarning tezroq shakllanishini tushunishga yordam beradi.

Obyektning halqasimon shakli gravitatsion linzalanish bo‘lib, unda uzoq galaktikadan tushayotgan yorug‘lik obyektning manbasi va uning kuzatuvchisi gravitatsiyasi ta’sirida egiladi. Effekt birinchi bor 1912-yilda Albert Eynshteyn tomonidan ochilgan, keyin esa umumiy nisbiylik nazariyasiga kiritilgan.

Galaktikaning fizik xususiyatlarini o‘rganish uchun astronomlar galaktika tasviridagi linzalar effektini aniq modellashtirishi kerak bo‘lgan.

“Bu kabi modelni faqatgina Hubble teleskopi yordamida olish mumkin edi. Xususan, Hubble takrorlanuvchi to‘rtta tasvirni va linzalangan galaktikadagi yulduzlar to‘dasini aniqlashga yordam berdi”, — deydi Ispaniyadagi Kartaxena politexnika universitetining yetakchi tadqiqotchisi Anastasio Dias-Sanches.

Avvalroq Hubble yuzlab galaktikalarni bitta suratga muhrlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.