Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani “Poloson” MFYda joylashgan paxta qabul qilish punktida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar qilmoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 2021-yil 27-sentabr kuni soat 13:27 da Oltiariq tumani “Poloson” MFY, Marg‘ilon ko‘chasida joylashgan paxta qabul qilish punktida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:35 da yetib borib, soat 14:00 da yong‘in qurshab olingan va soat 14:34 da batamom o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.