Nyu-Yorkda hayratlanarli diqqatga sazovor yangi maskan — shisha polga ega 305 metr balandlikdagi tomosha maydonchasi paydo bo‘ldi, deb xabar beradi Esquire.

Foto: Legion Media

Summit One Vnderbilt nomini olgan tomosha maydonchasi Manxetten markazidagi Midtaun osmono‘par binosida joylashgan. Uni Kohn Pedersen Fox arxitektura firmasi ishlab chiqqan bo‘lib, loyiha qiymati 3,3 milliard dollarni tashkil etadi.

Foto: Legion Media

Tashrif buyuruvchilar uchun maydoncha rasman 21-oktabr kuni ochiladi.

Foto: Legion Media

Attraksion 1200 fut balandlikda (364 metr) ochiq terrasani o‘z ichiga olgan bo‘lib, unga shaffof liftda ko‘tarilish mumkin. Lift 305 metr balandlikni 42 soniyada bosib o‘tadi. Har bir liftning maydoni 8,3 kvadrat metrni tashkil etadi, bu shisha polga ega dunyodagi eng tez yurar lift hisoblanadi.

Foto: Legion Media

Tomosha maydonchasining “Levitatsiya” nomli bo‘limida yaponiyalik rassom Yayoi Kusamaning “Bulutlar” nomli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: Legion Media

Shuningdek, minorada Kenzo Digital nomi bilan tanilgan haykaltaroshning “Havo” installyatsiyasini uchratish mumkin.

Foto: Legion Media

Shisha polga ega tomosha maydonchasi osmono‘par binoning oxirgi to‘rt qavatini egallagan.

Foto: Legion Media

Minoradan Nyu-Yorkning aqlbovar qilmas go‘zalligini tomosha qilish mumkin.

Foto: Legion Media

Foto: Legion Media

Foto: Legion Media

One Vanderbuilt osmono‘par binosi 2020-yilning sentabrida ochilgan edi. U 77 qavatdan iborat bo‘lib, balandligi 427 metrni tashkil etadi.

Avvalroq Londonda 35 metrli balandlikda Sky Pool nomli shaffof tubga ega basseyn ochilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.