Britaniyaning The Times jurnali sayohat qilish mumkin bo‘lgan dunyoning 29 ta maskani reytingini e’lon qildi. O‘zbekiston mazkur reytingda beshinchi pog‘onani egallagan, deb xabar beradi “Afisha.uz”.

Foto: “Afisha.uz”

Jurnal versiyasiga ko‘ra, O‘zbekistonning o‘ziga xosligi “Buyuk ipak yo‘li davridan beri saqlanib qolgan jahon darajasidagi me’morchiligi” hisoblanadi. Toshkent boy muzeylari va sovet davriga oid binolari bilan alohida qayd etilgan. Samarqand — “ko‘k plitalar bilan qoplangan va dunyoning qadimiy mo‘jizasi” bo‘lgan Registon ansambli bilan e’tirof etilgan.

Foto: “Afisha.uz”

Shundan so‘ng Buxoroga ta’rif berilgan bo‘lib, u “uning cho‘l rangiga mos keladigan kalamin rangli xira ko‘chalari” haqida so‘z boradi, “1,5 ming yillik tarixga ega Xiva arxitekturasi shu qadar yaxshi saqlanganki, blokbaster uchun osonlikcha fonga aylanishi mumkin”.

Avvalroq Markaziy Osiyo davlatlari AQSh fuqarolari uchun sayohat qilish tavsiya etilmagan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritilgan edi. Ro‘yxatda, xususan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Rossiya, Xitoy, Singapur, Eron, Braziliya, Argentina, Mozambik, Chad, Kosovo, Keniya va Tanzaniya kabi davlatlar bor.