Netflix’ning “Kalmar o‘yini” seriali chiqqanidan keyin Vans’ning oq sliponlari (bog‘ichsiz yengil oyoq kiyim) savdosi 7800 foizga oshib ketdi, deb xabar beradi Glamour.

Foto: Esquire

Oq sliponlar — bu “Kalmar o‘yini” serialidagi qahramonlar kiyimining bir qismi. Lyst shopping-platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, oq sliponlarga bo‘lgan qiziqish “Kalmar o‘yini” mashhurligi fonida 97 foizga ko‘tarilgan.

Foto: Esquire

Shuningdek, o‘yinchilar egnidagi yashil sport kiyimlar va qo‘riqchilarning qizil formasi ham juda ommalashgan: ushbu kostyumlar Xellouinda eng mashhur kiyimlardan biriga aylanishi kutilmoqda.

Foto: Esquire

Bundan tashqari, serialda bosh rollardan birini ijro etgan janubiy koreyalik model Xo Yon Chonning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntiga premyeradan ikki hafta o‘tgach 16 milliondan ortiq kishi obuna bo‘lgan. Shu orqali Chon ijtimoiy tarmoqlarda auditoriyasi eng tez o‘sgan yulduzlar reytingiga yetakchilik qilgan.

Foto: Esquire

Avvalroq Janubiy Koreya provayderi “Kalmar o‘yini” sabab tomoshabinlar oqimi ortgani uchun Netflix’ni sudga bergani, Netflix “Kalmar o‘yini” serialida ko‘rsatilgan telefon raqamni o‘zgartirishi, uning haqiqiy egasiga har kuni minglab qo‘ng‘iroqlar bo‘layotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.