21:56, 10.10.2021 // 54400

Foto: Filmlarda bir vaqtning o‘zida bir nechta qahramon rolini mahorat bilan ijro etgan yulduzlar

Kino sanoati vakillari orasida kimlar bir filmda turli qahramonlar rolini ijro qilishni uddasidan chiqqani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Rayan Reynolds

Foto: AdMe

“To‘qqizlar” filmida Rayan Reynolds taqdirlari bir-biriga chirmashgan uch qahramon: aktyor Geri, ssenariy muallifi Gevin va kompyuter o‘yinlari dizayneri Gabriel rolini ijro qilgan. Ta’kidlash joizki, filmda Reynoldsdan tashqari Melissa Makkarti va Xoul Devis ham uchtadan qahramonni gavdalantirgan.

Sofi Loren “Kecha, bugun, ertaga”

Foto: AdMe

“Oskar” mukofoti bilan taqdirlangan filmda Italiyaning turli burchaklarida sodir bo‘ladigan uch voqea ko‘rsatiladi. Unda Sofi Loren uchta qahramonni gavdalantirib, bir qancha kinomukofotlarni qo‘lga kiritgan.

Ben Stiller “O‘tmishga sayohat”

Foto: AdMe

Ben Stiller uchun “O‘tmishga sayohat”ning uchinchi qismi birvarakayiga bir nechta qahramonni gavdalantirish imkonini bergan birinchi film bo‘lgan. Uning aytishicha, ikki qahramonni navbatma-navbat ijro qilish juda ham qiziq, ammo eng qiyin vazifalardan biri bo‘lgan.

Benedikt Kamberbetch “Doktor Strenj”

Foto: AdMe

Filmda qahramon rolini gavdalantirishdan avval komikslarni yaxshilab o‘rgangan. Qolaversa, u ham qahramoni Strenj singari meditatsiya bilan shug‘ullangan. Mazkur filmda o‘z raqibini gavdalantirish ham aktyorning g‘oyasi bo‘lgan. Dormammuning tasviri uchun filmda o‘ziga xos texnologiyadan foydalanilgan.

Maykl Kiton “To‘plam”

Foto: AdMe

“To‘plam” filmi ish va oilasiga yetarlicha vaqt ajrata olmagani uchun olimga o‘zining klonlarini yaratishni so‘rab, iltimos qilgan yigit haqida. Maykl Kiton to‘rtta qahramonni gavdalantirgan: ularning bari fe’l-atvori, aql darajasi va o‘zini tutishi farqli odamlar bo‘ladi. Qahramonlarning bir-biriga o‘xshab qolmasligi aktyorning talabi bo‘lgan.

Maykl Fassbender “Begona: Ahd”

Foto: AdMe

Maykl 2017-yil suratga olingan “Begona: Ahd” filmida tashqi ko‘rinishi o‘xshash, ammo ichki olami farqli qahramonlar rolini ijro qilgan. Aktyorning o‘zi Uolterni emotsiyasiz, mantiqqa tayanadigan, Devidni esa aksincha xudbin va jizzaki qilib gavdalantirgan.

Vanessa Xajens “Malikaning o‘rniga: Yangi hayot”

Foto: AdMe

2018-yilda Mark Tvenning “Shahzoda va faqir” romani asosida suratga olingan “Malikaning kundaligi: Yangi hayot” romantik komediya ekran yuzini ko‘rgan. Unda bir-biriga juda ham o‘xshash bo‘lgan malika va novvoy qiz o‘rin almashadi. 2020-yilda ushbu hikoyaning davomi chiqqan bo‘lib, unda aktrisa o‘z zimmasiga yana bir qahramon — Fionaning singlisi rolini ijro qilishni ham olgan.

Silvestr Stallone “Uddaburon bolalar — 3”

Foto: AdMe

“Bolalarimga ‘Uddaburon bolalar’ning uchinchi qismida suratga tushishni taklif qilishganini aytganimda uyimizda haqiqiy bayram boshlandi. Va nihoyat men otalik hurmatini qozondim”, — degan Stallone. Aktyorning farzandlari otasining bir vaqtning o‘zida to‘rtta shaxsni o‘ynashi kerakligini bilganidan keyin boshi ko‘kka yetgan bo‘lsa, ne ajab.

Jeyk Jillenxol “Tun qorong‘isida”

Foto: AdMe

Filmda Jeyk ikki qahramon: sevgilisi bilan munosabatlari yomonlashgan yozuvchi va uning kitobidagi to‘qima qahramonni gavdalantirgan. Aktyor uchun bu ilk tajriba emas. U “Jaydari” va “Dushman” singari filmlarda ham ikkitadan qahramon rolini ijro qilgan.

Eddi Myorfi “Shohona tashrif — 2”

Foto: AdMe

1988-yilda ekran yuzini ko‘rgan “Shohona tashrif” nomli filmda Eddi Myorfi va Arsenio Xoll ikovi 8 nafar qahramonni gavdalantirgan. Bundan avval Myorfi “Tentak professor” va boshqa bir nechta filmda ham birdan ortiq qahramonlar rolini ijro qilgan. 2021-yil afrikalik shahzoda haqidagi hikoyaning davomi “Shohona tashrif — 2” taqdim qilingan. Aktyor mazkur qismda ham avvalgi qahramonlari rolini qayta ijro qilgan.

Bella Xitkot “Qorong‘i soyalar”

Foto: AdMe

Tima Bertonning “Qorong‘i soyalar” nomli filmida birvarakayiga ikki qahramon: tarbiyachi Viktoriya va arvoh Jozetta rolini ijro qilgan. Ammo aktrisa uchun hammasidan ham suv ostida suratga tushish qiyinroq bo‘lgan. Buning uchun u hatto professional sportchidan dars ham olgan.

Nikolas Keyj “Adaptatsiya”

Foto: AdMe

Avvaliga Tom Xenks uchun mo‘ljallangan rol, keyinroq Nikolas Keyjga taklif qilingan. Obrazlarni yaratish uchun uzoq vaqt pardoz qilishga hamda to‘la ko‘rsatadigan maxsus g‘ilofdan foydalanishga to‘g‘ri kelingan. Bir obrazdan ikkinchisiga o‘tish shunchalik qiyin bo‘lganidan aktyor g‘azabdan hatto baqirib yuborgan vaqtlar ham bo‘lgan.

Yuen Makgregor “Orol”

Foto: AdMe

“Orol” filmida Yuen arxitektor Tom Linkoln hamda uning kloni Linkoln-Shest-Ekoni gavdalantirgan. Uning bir obrazdan ikkinchisiga o‘tishi juda ham qiziq bo‘lgan, qahramonlaridan birining shunchalik yoqimsiz ekanidan suratga olish maydonchasidagi Skarlett Yoxansson uni yoqtirmay qolgan, hatto.

Eng ko‘p o‘qilgan

Qidiruv