Yevropa mintaqasida JCh—2022 saralashi 8-turi doirasidagi bir qator uchrashuvlar 12-oktabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Portugaliya o‘z maydonida Lyuksemburgni qabul qildi va 5:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Birinchi 45 daqiqalikda Krishtianu Ronaldu 8 va 13-daqiqalarda ikki marotaba 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirgan bo‘lsa, 17-daqiqada Brunu Fernandesh hisobni 3:0 ko‘rinishiga olib keldi. Jamoalar tanaffusga shu hisobda yo‘l oldi.

Ikkinchi bo‘limda Ronaldu het-trikni rasmiylashtirdi, shuningdek, Joau Palinya ham o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

Foto: Getty Images

Angliya Londonda Vengriya bilan bahs yuritdi va kutilmaganda ochko yo‘qotdi. Uchrashuvning 24-daqiqasida Roland Shallai penaltidan hisobni ochib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Inglizlar bunga 37-daqiqada Jon Stounzning goli bilan javob qaytarib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi.

Mazkur g‘alabadan keyin Portugaliya peshqadam Serbiyadan bitta o‘yin kam o‘tkazgan holda 16 ochko bilan A guruhida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Hisobida 20 ochko bo‘lgan Angliya esa I guruhini boshqaryapti.

Daniya Avstriyadan 1:0 hisobida ustun keldi va muddatidan JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bungacha Yevropa qit’asida Germaniya terma jamoasi bu ishni uddalagandi.

JCh—2022 saralashi

8-tur bahslari

12-oktabr, seshanba

Portugaliya – Lyuksemburg 5:0

Gollar: 1:0 – 8, penalti Ronaldu, 2:0 – 13, penalti Ronaldu, 3:0 – 17 Brunu Fernandesh, 4:0 – 69 Palinya, 5:0 – 87 Ronaldu.

Portugaliya – Ruy Patrisiu, Joau Kanselu, Ruben Diash, Mendesh, Pepe, Brunu Fernandesh (Gedesh, 80), Moutinyu (Joau Mariu, 65), Palinya (Ruben Nevesh, 73), Bernardu Silva (Mateush Nunesh, 80), Ronaldu, Andre Silva (Rafael Leau, 73).

Lyuksemburg – Moris, Shano, Yans, Karlson, Pintu (Muratovich, 87), Till (Devill, 46), Barreyro, Sinani (Veyga, 88), Till (Borjes Sanshes, 46), Rodrigesh, Martins Pereyra.

Ogohlantirishlar: Mendesh (22), Martins Pereyra (32), Joau Kanselu (84).

Angliya – Vengriya 1:1

Gollar: 0:1 – 24, penalti Shallai, 1:1 – 37 Stounz.

Angliya – Pikford, Uoker, Mingz, Shou, Stounz, Foden, Maunt, Grilish (Saka, 62), Rays, Sterling (Henderson, 76), Keyn (Abraham, 76; Uotkins, 90).

Vengriya – Gulachi, Nego (Bolla, 90), Kechkesh, Salai, Nad, Shallai (Han, 79), Nad, Soboslai (Nikolich, 90), Shafer (Vechei, 79), Shen (Holender, 68), Lang.

Ogohlantirishlar: Shou (23), Shafer (41), Soboslai (90).

Qozog‘iston – Finlyandiya 0:2

Gollar: 0:1 – 45 Pukki, 0:2 – 47 Pukki.

Ukraina – Bosniya va Gersegovina 1:1

Gollar: 1:0 – 15 Yarmolenko, 1:1 – 77 Axmedxojich.

Bolgariya – Shimoliy Irlandiya 2:1

Gollar: 0:1 – 35 Uoshington, 1:1 – 53 Nedelev, 2:1 – 63 Nedelev.

Shvetsiya – Gretsiya 2:0

Gollar: 1:0 – 59, penalti Forsberg, 2:0 – 69 Isak.

Isroil – Moldova 2:0

Gollar: 1:0 – 28 Zaxavi, 2:0 – 49 Dabbur.

Litva – Shveysariya 0:4

Gollar: 0:1 – 31 Embolo, 0:2 – 42 Shteffen, 0:3 – 44 Embolo, 0:4 – 90 Gavranovich.

Serbiya – Ozarbayjon 3:1

Gollar: 1:0 – 30, penalti Vlaxovich, 1:1 – 45 Mahmudov, 2:1 – 52 Vlaxovich, 3:1 – 83, penalti Tadich.

Farer orollari – Shotlandiya 0:1

Gollar: 0:1 – 86 Dayks.

Daniya – Avstriya 1:0

Gol: 1:0 – 53 Mele.

San-Marino – Andorra 0:3

Gollar: 0:1 – 10 Puxol, 0:2 – 53 Moreno, 0:3 – 89 Rikard.

Kosovo – Gruziya 1:2

Gollar: 0:1 – 11 Okriashvili, 1:1 – 45, penalti Muriki, 1:2 – 82 Davitashvili.