Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanidagi yangi qurilgan ko‘p qavatli uy tomida quyosh panellari o‘rnatildi. Bu haqda Energetika vazirligi qoshidagi “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, “Kun Nur” MFYda joylashgan 24 xonadonga ega ushbu ko‘p qavatli uy tomiga har birining quvvati 300 vatt bo‘lgan 48 ta quyosh moduli o‘rnatilgan bo‘lib, jami quvvati 14,4 kilovattni tashkil etadi.

Bu ishlar O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g’risida”gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgani qayd etilgan.