Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida joylashgan “Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qo‘riqxonasiga pushti flamingolar uchib keldi. Ushbu noyob qushlar galasi Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati xodimlari tomonidan qo‘riqxonaga tashkil etilgan ekspeditsiya doirasida kamera obyektiviga muhrlangan.

Foto: Videodan kadr

Ornitolog olimlarning fikricha, mahalliy tilda qizilg‘oz deb nomlanuvchi flamingo qushlari Qoraqalpog‘istondan, asosan, uchib o‘tish, uzoq safar oldidan oziqlanish uchun foydalanadi. Lekin qoraqalpog‘istonlik ornitolog olimlar 2014-yilda Sudochye ko‘llar tizimida olib borgan tadqiqotlar vaqtida flamingoning katta uyalovchi koloniyasini topgan edi.

Flamingo O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan 40 turdagi qushlarning biri hisoblanadi.