Ijodkor inson hamma narsada iqtidorli bo‘lishi kerakligining yorqin isboti. Mashhur aktyor va aktrisalarning aksariyati qo‘shiqlarni ajoyib tarzda kuylashiga ishonasizmi? Quyida esda qolarli obrazlari bilan muxlislar ko‘nglidan joy olgan yulduzlarning kuylay olish qobiliyatiga o‘zingiz baho bering.

Riz Uizerspun

“Chiziq bo‘ylab yur” filmi Riz Uizerspun karyerasidagi eng mashhur film emas. Biroq aynan shu kartina uchun aktrisa bosh qahramon ijrochisi sifatida “Oskar” oldi. Aktrisa mashhur musiqachining rafiqasi va hamkasbi rolini o‘ynash uchun vokal kurslariga bordi. Va bu o‘z samarasini berdi.

Yuen Makgregor

Yuen agar “Mulen Ruj”da suratga tushish asnosida musiqa darsiga borishni boshlamaganida u o‘zining ajoyib vokal qobiliyatiga ega ekanligini bilmas edi. Uning “El Tango De Roxanne” yoki “Your Song” taronasini yinglagan inson keyin Yuenning yakkaxon konsert dasturini kutishi aniq.

Keyt Uinslet

Yana bir ajoyib aktrisaning ovozi ko‘pchilikni o‘ziga rom etishi tabiiy. Keyt Uinslet 2001-yilda “Rojdestvo tarixi” multfilmi uchun “What If” qo‘shig‘ini yozdi. Rostini aytganda ham uning ovozi ajoyib!

Jerard Batler

U nafaqat “Sparta!” deb baqirishni, balki kuylashni ham biladi. “Opera xayoloti” filmida Jerard The Music of The Night taronasini o‘zi ijro etdi va uning ham mahoratiga qoyil qolish mumkin.

Robert Pattinson

“Sumerki” tufayli Robert Pattinson nihoyatda mashhur bo‘lib ketganiga qaramay, filmning ko‘plab muxlislari aktyorning ajoyib vokal mahoratiga ega ekanligiga e’tibor bermadi. Kartinaning birinchi qismida “Let Me Sign” nomli juda ajoyib qo‘shiq bor edi. Buni Pattinson ijro etgan. Aytgancha, aktyor shundan so‘ng o‘zining musiqiy albomini ham chiqargan.

Kris Payn

Qo‘shiqchilik qobiliyati bilan chindan ham ajablantiradigan yana bir aktyor – Kris Payn. Agar u ishtirok etgan “Mulen Ruj” va “Opera xayoloti” mashhurlikka erishgan bo‘lsa, vokal qobiliyati “O‘rmonda uzoqroqda” filmida ochilgan.