Toshkent shahriga yangi bosh imom-xatib tayinlandi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi.

Rahmatulloh Sayfuddinov

Foto: “Mehrob.uz”

Toshkent shahri Yunusobod tumani bosh imom-xatibi va “Mirza Yusuf” jome masjidi imom-xatibi Rahmatulloh Sayfuddinov ushbu vazifaga tayinlandi.

Sayfuddinov Rahmatulloh ish faoliyati davomida Toshkent shahridagi “Xo‘ja Alambardor”, “Minor” jome masjidi imom-xatibi va shu kunga qadar Toshkent shahri Yunusobod tumani bosh imom-xatibi va “Mirza Yusuf” jome masjidi imom-xatibi vazifalarida mehnat qilayotgan edi.

Bundan avval O‘zbekiston Nuriddin Xoliqnazarov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylangani haqida xabar berilgandi.