O‘zbekistondagi masjidlar soni 2096 taga yetdi, deya xabar bermoqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita.

Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan “Qishliq” hamda “Beshgumbaz” jome masjidlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, ularning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma diniy tashkilotga topshirilgan.

Ma’lumot uchun, Qashqadaryo viloyatidagi masjidlar soni 184 taga yetdi.

Bundan avval Surxondaryoda “Domullo Mahmud” jome masjidi ro‘yxatdan o‘tkazilgani, O‘zbekiston Qozog‘istonda 5 ming o‘rinli yangi masjid qurayotgani, Nuriddin Xoliqnazarov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylangani to‘g‘risida xabar berilgandi.