Toshkent shahridagi “Minor” va “Mirza Yusuf” (“Bodomzor”) masjidlariga yangi imom-xatib tayinlandi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Ma’lum qilinishicha, 21-oktabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida o‘tkazilgan poytaxt imom-xatiblari yig‘ilishida Toshkent shahri bosh imom-xatibi vazifasiga tayinlangan Rahmatulloh domla Sayfuddinovga Yunusobod tumanidagi “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifasi ham yuklatildi.

Shu kunga qadar “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifasida ishlab kelayotgan Foziljon domla Ubaydullayev Yunusobod tumani Bodomzor dahasidagi “Mirza Yusuf” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga o‘tkazildi.

Bundan avval Nuriddin Xoliqnazarov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylangani haqida xabar berilgandi.