Britaniyalik xonanda Instagram sahifasida koronavirus bilan zararlangani va o‘z o‘zini yakkalamoqchi ekani haqida ma’lum qildi.

Foto: “Korrespondent.net”

“Afsuski koronavirusga topshirgan testimning natijasi ijobiy chiqdi, shu bois o‘z o‘zimni yakkalab, hukumatning barcha ko‘rsatmalariga amal qilaman”, – deb yozgan qo‘shiqchi.

Foto: “Korrespondent.net”

Shuningdek, u barcha rejalashtirilgan intervyu va konsertlarni uydan turib amalga oshirishini ta’kidlagan. “Kimning hafsalasini pir qilgan bo‘lsam uzr so‘rayman. O‘zingizni asrang”, – deb qo‘shimcha qilgan Shiran.

Eslatib o‘tamiz, xonanda 2011-yilda “The a team” nomli qo‘shig‘i sabab mashhurlikka erishgan. Uning barcha: “+” (2011), “×” (2015), “÷” (2017) va No.6 collaborations project (2019) albomlari Britaniyaning musiqiy chartlarida yetakchilik qilgan. “Thinking out loud” qo‘shig‘i tufayli 2019-yilda ikkita Gremmi mukofotini qo‘lga kiritgan. Shu yili Forbes’ning eng ko‘p haq to‘lanadigan musiqachilar reytingidan o‘rin olgan. Yangi “=” nomli albom taqdimoti 2021-yilning 29-noyabrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.