2019-yil aprel oyida Adel turmush o‘rtog‘i – biznesmen Saymon Konekki bilan ajrashishga qaror qilgan. Sobiq juftlikning o‘g‘li bor, u onasi bilan yashaydi. Adel ajralish mavzusida bir necha bor intervyu bergan, ammo yaqinda buning boshqa sabablaridan biri uning Los-Anjelesga ko‘chib o‘tish istagi ekanini ma’lum qildi.

Foto: Wday

Adel Los-Anjelesdan uy sotib olmoqchi bo‘lgan, turmush o‘rtog‘i esa vatani Buyuk Britaniyani tark etishni xohlamagan. Ajrimdan so‘ng Adel orzusini amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi – u birdaniga ikkita uy sotib oldi va ulardan birida ilk marta jurnalistlar uchun safar uyushtirdi.

Foto: Wday

Ikki qavatli chiroyli uyning ichki qismi ochiq ranglarda bezatilgan. Xonandaning deyarli har bir xonasining devori bezak va naqshlarsiz ko‘rinishga ega. Shuningdek, kiraverishda bir necha yotoqxonali ikkinchi qavatga ko‘tirilish yo‘lakchasi mavjud.

Foto: Wday

Birinchi qavatda Adelning uyidagi sevimli joylaridan biri – oshxona bor. U yer keng va juda yorug‘ bo‘lib, xona oq rangga ustunlik berib bezatilgan, shuning uchun u yanada kengroq ko‘rinadi. Adel  ko‘p vaqtini oshxonada o‘tkazishni yaxshi ko‘radi. Alohida ovqatlanish joyida u o‘g‘li Anjelo bilan ovqatlanadi.

Foto: Wday

Oshxona yonida g‘ayrioddiy mehmonxona mavjud. U uyning ichki qismi bilan bir xil uslubda bezatilgan, ammo faqat bir detal – qizil divan odamni o‘ziga tortadi. Adelning so‘zlariga ko‘ra, bu mebel uning uchun juda qadrli.

Foto: Wday

Adelning yana bir sevimli joyi – bu qo‘shni hudud, ya’ni ingliz uslubidagi ajoyib bog‘. U yerda qo‘shiqchi o‘g‘li bilan oqshomlari suhbatlashishni yaxshi ko‘radi. Adel uchun eng muhimi – bu o‘g‘li bilan ikki qavatli shinam uyga ko‘chib o‘tish orqali erishgan ichki qulaylik hissi.

Foto: Wday

Foto: Wday

Foto: Wday

Foto: Wday

Foto: Wday

Foto: Wday

Foto: Wday