13-noyabr kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan mebel do‘konlarining birida yong‘in yuzaga keldi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in oqibatida binoning shifti va mebel jihozlari, 220 kvadrat metr maydonga zarar yetgan. Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib, yong‘in soat 01:22 da o‘rab olingan va 02:15 da o‘chirilgan.

Olib borilgan harakatlar natijasida do‘konning 110 kvadrat metr maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Hozirda yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda, hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jarohat olganlar qayd etilmagan.

Avvalroq Toshkent davlat texnika universiteti yonidagi oshxonada yong‘in yuz bergani, Toshkent viloyatidagi mebel sexida yong‘in chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.