Qarshida “Xalq banki” filialiga qarashli kichik shoxobchada 14-noyabr kuni yong‘in yuz berdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati FVB xabar berdi.

Foto: Qashqadaryo viloyati FVB

Qayd etilishicha, Islom Karimov ko‘chasida joylashgan ushbu bank shoxobchasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar Qarshi shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga soat taxminan 11:02 lar atrofida kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, 2-yong‘in-qutqaruv qismidan 2 ta bo‘linma voqea joyiga yetib borgan va yong‘inni soat taxminan 11:15 lar atrofida to‘liq o‘chirgan. Yong‘in oqibatida bank shoxobchasining 8 metr kvadrat maydonda tom qismi va tashqi qoplamasi zarar ko‘rgan. Binoning 82 metr kvadrat maydoni hamda ichidagi jihozlari yong‘indan saqlab qolingan.

Foto: Qashqadaryo viloyati FVB

Aniqlanishicha, yong‘in elektr kabellarining qisqa tutashuv natijasida sodir bo‘lgan va hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Qarshi shahridagi mebel sexida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida uch nafar fuqaro vafot etgani haqida xabar berilgan edi.