Angliya Premyer Ligasining 12-turidan o‘rin olgan bir qator o‘yinlar 20-noyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

“Manchester Yunayted” “Uotford” maydoniga safar qildi va 4:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Uchrashuving 8-daqiqasida “qizillar” darvozasi tomon penalti belgilangandi. Biroq mezbonlar undan unumli foydalana olmadi. 28-daqiqaga kelib, “Uotford” baribir hisobni ochishning uddasidan chiqdi, Joshua King o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. Birinchi bo‘lim yakunida mezbonlar Ismaila Sarrning goli evaziga hisobni oshirdi.

Ikkinchi 45 daqiqalikda “Manchester Yunayted” hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Bo‘lim avvalida o‘yinga qo‘shilgan Donni van de Bek 50-daqiqada Krishtianu Ronalduning uzatmasini golga aylantirdi. Ammo o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Joao Pedro va Emmanuel Dennis “Uotford”ning uchinchi va to‘rtinchi gollariga mualliflik qilib, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Mag‘lubiyatdan keyin Manchester klubi 17 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda. “Uotford”ning hisobidagi ochkolar esa 13 taga yetdi, jamoa 16-o‘ringa ko‘tarildi.

Peshqadam “Chelsi” “Lester” maydoniga safar qilib, raqib darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi.

APL

12-tur bahslari

20-noyabr, shanba

“Uotford” – “Manchester Yunayted” 4:1

Gollar: 1:0 – 28 King, 2:0 – 44 Sarr, 2:1 – 50 van de Bek, 3:1 — 90+2 Pedro, 4:1 — Dennis 90+6

“Uotford” – Foster, Femeniya, Ketkart, Nkulu (Trost-Ekong, 64), Mazina, Sissoko, Kleverli, Luza (Joao Pedro, 77), Sarr (Ernandes, 68), King, Dennis.

“Manchester Yunayted” – De Xea, Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelyof, Shou (Diogu Dalot, 85), Matich, Brunu Fernandesh, Maktomini (van de Bek, 46), Sancho, Ronaldu, Reshford (Marsyal, 46).

Ogohlantirishlar: Maktomini (19), Luza (45), Maguayr (62).

Chetlatish: Maguayr (69).

“Lester” – “Chelsi” 0:3

Gollar: 0:1 – 14 Ryudiger, 0:2 – 28 Kante, 0:3 – 71 Pulishich.

“Lester” – Shmeyxel, Evans, Amarti, Suyunju, Kastan, Olbrayton, Ndidi, Sumare (Dyuzberi-Xoll, 75), Barns (Meddison, 46), Vardi, Lukman (Iheanacho, 46).

“Chelsi” – Mendi, Jeyms, Tiago Silva, Ryudiger, Chaloba, Chiluell, Jorjinyo (Loftus-Chik, 77), Kante, Maunt (Ziyesh, 63), Haverts (Pulishich, 62), Hadson-Odoi.

Ogohlantirishlar: Amarti (40), Evans (45), Shmeyxel (45), Mendi (65).

“Byornli” – “Kristal Pelas” 3:3

Gollar: 0:1 – 8 Benteke, 1:1 – 19 Mi, 2:1 – 27 Vud, 2:2 – 36 Benteke, 2:3 – 42 Gexi, 3:3 – 49 Korne.

“Vulverhempton” – “Vest Hem” 1:0

Gol: 1:0 – 58 Ximenes.

“Norvich” – “Sauthempton” 2:1

Gollar: 0:1 – 4 Adams, 1:1 – 7 Pukki, 2:1 – 79 Henli.

“Nyukasl” – “Brentford” 3:3

Gollar: 1:0 – 10 Lassels, 1:1 – 11 Touni, 1:2 – 31 Genri, 2:2 – 39 Joelinton, 2:3 – 61, avtogol Lassels, 3:3 – 75 Sen-Maksimen.

“Aston Villa” – “Brayton” 2:0

Gollar: 1:0 – 84 Uotkins, 2:0 – 89 Mingz.