Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 5-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 23-noyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

“Manchester Yunayted” safarda “Vilyarreal” bilan bahs yuritdi. Uchrashuvning katta qismida hisob ochilmadi. Biroq 78-daqiqaga kelib, Krishtianu Ronaldu yana “Manchester Yunayted” uchun qutqaruvchi rolini bajarib berdi. Portugaliyalik hujumchi darvozabonning xatosidan keyin to‘pni darvozabonning ustidan oshirib, hisobni ochdi. 90-daqiqada esa Jeydon Sancho “qizillar”ga ishonchli g‘alabani taqdim etgan golga mualliflik qildi.

Foto: Getty Images

“Bavariya” ham tur doirasida safarda o‘yin o‘tkazdi. Myunxen klubi Robert Levandovski va Kingsli Komanning gollari evaziga “Dinamo K”ni yengdi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Manchester Yunayted” 10 ochko bilan F guruhida 1-o‘rinda bormoqda, jamoa shu tariqa pley-off  yo‘llanmasini naqd qildi. Bu manchesterliklar uchun Ole-Gunnar Sulsherning iste’fosidan keyingi ilk o‘yin bo‘ldi. “Bavariya” esa 15 ochko bilan E guruhida peshqadamlik qilmoqda.

YChL

5-tur bahslari

23-noyabr, seshanba

“Vilyarreal” Ispaniya – “Manchester Yunayted” Angliya 0:2

Gol: 0:1 – 78 Ronaldu, 0:2 — 90 Sancho.

“Vilyarreal” – Ruli, Foyt, Albiol, Pau Torres, Estupinyan (Raba, 79), Pino (Chukvueze, 73), Moyses Gomes (Dia, 85), Kapu, Parexo, Trigeros (Moreno, 73), Danjuma.

“Manchester Yunayted” – De Xea, Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelyof, Telles, Matich, Fred, van de Bek (Brunu Fernandesh, 66), Maktominey, Sancho, Ronaldu, Marsyal (Reshford, 66).

Ogohlantirishlar: Pino (33), van de Bek (41).

“Dinamo K” Ukraina – “Bavariya” Germaniya 1:2

Gollar: 0:1 – 14 Levandovski, 0:2 – 42 Koman, 1:2 – 70 Garmash.

“Dinamo K” – Bushan, Kendzera (Karavayev, 76), Sirota, Zabarniy, Mikolenko, Sidorchuk, Buyalskiy, de Pena (Garmash, 46), Sigankov, Shaparenko, Shkurin (Vitino, 46).

“Bavariya” – Noyer, Pavar, Ernandes (Sarr, 46), Nyanzu (Tillman, 85), Devis, Goretska, Tolisso, Myuller, Levandovski, Koman (Roka, 67), Sane (Richards, 88).