Markaziy bank 26-noyabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 12,17 so‘mga ko‘tarilib, 10 757,57 so‘mni tashkil qildi. Yevro 30,86 so‘mga ko‘tarilib, 12 074,30 so‘m bo‘ldi.

Foto: Markaziy bank

Bundan avval dollarning rasmiy kursi ikki kunlik ko‘tarilishdan so‘ng 19,72 so‘mga pastlab, 10 745,40 so‘mni tashkil qilgandi. Mamlakatda ushbu valyuta kursi 2022-yilda 11 300 so‘mgacha ko‘tarilishi mumkin.