Ijtimoiy tarmoqlarda Qamchiq dovonida “baliq yomg‘iri” kuzatilgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. IIV YHXBB mazkur holatga munosabat bildirib, baliqlar YTH oqibatida sochilib ketganini ma’lum qildi.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 26-noyabr kuni soat 16:30 larda Pop tumani hududidan o‘tgan A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 227-kilometrida haydovchi yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. 45 yoshli F.A. boshqaruvidagi “Zamyad” rusumli avtomobilning shinasi havo chiqarib yuborishi oqibatida transportga ortilgan yelim idishlar ag‘darilgan va uning ichida bo‘lgan baliq mahsulotlari avtomobil yo‘liga sochilib ketgan.

Mazkur transport hodisasida hech kim jabrlanmagan. “Qamchiqavtoyo‘l” matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yo‘lga sochilib ketgan baliq chavoqlarining asosiy qismi nobud bo‘lmasdan yig‘ishtirib olingan.

Foto: “Qamchiqavtoyo‘l”

Hozirda holat yuzasidan Namangan viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan qo‘shimcha surishtiruv olib borilmoqda.

Foto: “Qamchiqavtoyo‘l”

Foto: “Qamchiqavtoyo‘l”

Foto: “Qamchiqavtoyo‘l”