Buxoro tumanida o‘zaro janjal oqibatida xotining jiyanini pichoqlab o‘ldirgan fuqaro qamoqqa olindi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, 2021-yilning 28-noyabr kuni soat taxminan 06:20 larda Buxoro tumanidagi “Xonobod” mahallasida yashovchi fuqaro K.R. (51 yoshli) tumanning “Chorbakr” mahallasida yashovchi xotinining jiyanini G‘.T. (41 yoshli) bilan o‘zaro bahslashib qolgan. Bahs janjalga aylanib, ikki o‘rtada mushtlashuv boshlangan. Oila a’zolari mushtlashuvni to‘xtata olishmagan.

Qattiq g‘azabda bo‘lgan K.R.ning ko‘krak qafasi old yuzasi o‘ng tomoni o‘mrov o‘rta chizig‘i bo‘yicha 3 va 4-qovurg‘alari o‘rtasiga oshxona pichog‘ini zarb bilan urgan. Oqibatda G‘.T. kasalxonaga yetib bormasdan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan K.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va gumon qilinuvchi qamoqqa olingan.

Avvalroq Buxoroda besh farzandli ayol eri tomonidan pichoqlab o‘ldirilgani haqidagi xabar berilgan edi.