Xonanda Beyonse shou-biznesdagi eng yorqin yulduzlardan biri ekanligini namoyish etishga qaror qildi, uning navbatdagi chiqishi buni tasdiqlaydi.
Foto: People Talk
Xonanda Beyonse Jay-Z bilan tushgan suratlarini Instagram sahifasiga joylashtirdi. Bu safar uning muhabbatga to‘la ko‘zlari emas, balki butunlay toshlar bilan bezatilgan Gucci x Balenciaga’ga tegishli libosi porladi. Beyonsening yangi obrazi xonandaga 32 ming dollardan oshiqroq pulga tushdi.
Foto: Instagram / @beyonse
Beyonsening yorqin obrazi ikki brendga tegishli kumush rang bleyzer va shim bilan birlashtirilgan etik kombinatsiyasidan iborat. Shuningdek, yorqin tangalar bilan bezatilgan yurak shaklidagi Gucci sumkasi bilan boyitilgan.
Foto: Instagram / @beyonse