Rossiyaning Nijegorod viloyatida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus “KamAZ”ga to‘qnashdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: Nijniy Novgorod prokuraturasi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, voqea 9-dekabr kuni yuz bergan. Avtobusda jami 23 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ishchilar tashish bilan shug‘ullangan avtobus haydovchisi yo‘l sharoitiga mos bo‘lmagan tezlikda harakatlanishi oqibatida avtobus qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, “KamAZ”ga to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida haydovchi halok bo‘lgan, yo‘lovchilarning 11 nafari tan jarohati olgan. “RIA Novosti”ning favqulodda xizmatlarga tayanib qo‘shimcha qilishicha, YTHda jabrlanganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan.

Ayni paytda hodisa yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan tekshiruv ishlari tashkil etilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.