Yorug‘lik, kamera, motor!  Filmni suratga olish ishlari ajoyib professionallar jamoasi tomonidan olib borilishi va har bir sahna sinchkovlik bilan kuzatilishiga qaramay, xatolar hamon uchrab turadi. Ularning bir nechtasi bilan quyida tanishib chiqish mumkin.

“Tarzan”

Foto: AdMe

Sabor – “Tarzan” multfilmida bir necha bor ko‘rinish bergan va o‘zini jahldor tutadigan qoplon. Agar kartinaning  00:06:40 daqiqasi diqqat bilan kuzatilsa, Sabor quloqlarining rangi qoradan to‘q sariq rangga o‘zgarganini ko‘rish mumkin.

“Qasoskorlar: Intiho”

Foto: AdMe

“Qasoskorlar: Intiho” – barcha davrlarning eng muvaffaqiyatli filmlaridan biri bo‘lib, unga to‘xtalmaslikning iloji yo‘q. Kadrlarning birida qandaydir bolalar Xalkni suratga olish uchun yaqinlashgan sahnada quymoqning o‘rtasidan bo‘linganini ko‘rish mumkin (00:38:00). Aynan o‘sha soniyadan so‘ng ular butun bo‘lib qoladi.

“Maymunlar sayyorasi: Qo‘zg‘olon”

Foto: AdMe

“Maymunlar sayyorasi: Qo‘zg‘olon” filmida ham bitta qo‘pol xatoni payqash mumkin. Kichkina Sezar o‘ynash uchun qochib ketayotganida, unga qo‘shnisi hujum qilish uchun stolni chelaklar bilan ag‘daradi (00:19:30). Ammo Uill Rodman (Jeyms Franko) uni himoya qilish uchun paydo bo‘lishi bilan chelakni yana stol ustida ko‘rish mumkin.

“Yura davri dunyosi”

Foto: AdMe

“Yura davriga sayohat” filmida bu aslida nima ekanligini topish uchun yaxshilab qarash kerak. Ba’zi tomoshabinlar buni qo‘l, boshqalari esa dinozavrning dumi deyishadi. Bu lahzani 1:49:08 da ko‘rish mumkin va u ko‘proq qo‘lga o‘xshaydi.

“Forsaj”

Foto: AdMe

Franshizaning birinchi qismida eng tezkor Jonni Tran sahnalarning birida qora futbolka kiyganini ko‘rish mumkin. Oradan 3 soniya o‘tib, u yengsiz kiyimda paydo bo‘ladi.

“Sumerki”

Foto: AdMe

Ekrandagi eng mashhur juftliklardan biri bu Bella va vampir Edvard. 2008-yilgi filmda Edvardning orqasidagi tokchadagi gulni ko‘rish mumkin, lekin Bella bilan Edvard bir necha soniya so‘zlashgandan keyin to‘satdan u butunlay boshqacha narsaga aylanadi.

“La-La-Lend”

Foto: AdMe

Bu ajoyib hikoya nafaqat tomoshabinlarni zavqlantiradi, balki bir nechta kamchilik topilgach, yuzda tabassum ham uyg‘otadi. Sebastyan Miyadan o‘zaro munosabatlari haqida so‘raganda (00:39:57), ular yashil soyabon ostidan o‘tadi. Bir necha qadam va soniyadan so‘ng ular yana soyabon ostidan o‘tayotganini ko‘rish mumkin (00:40:08).

“Go‘zal ayol”

Foto: AdMe

Ajoyib juftliklar haqida gapirishni davom ettiraylik. “Go‘zal ayol”da Vivianni ijro etgan Juliya Roberts nonushta sahnasida mazali kruassan tanovul qilayotganini ko‘rish mumkin. (00:32:21). Ammo u maktabdan boshqa joyda o‘qimaganini eslatgandan so‘ng (00:32:38) kruassan oladyega aylanadi.

“Garri Potter va hikmatlar toshi”

Foto: AdMe

Kinodagi eng mashhur chandiq, shubhasiz, Garri Potterning chandig‘idir. “Garri Potter va Hikmatlar toshi” filmida Dambldor Garrini magllar oilasida qoldirganida, bolaning peshonasida belgi bo‘lmaydi (00:03:42) va keyingi kadrda (00:03:49) u aniq ko‘ringan.

“Titanik”

Foto: AdMe

Ushbu ro‘yxatga “Titanik”ni kiritmasdan iloji yo‘q. Jek quvurga kishanlab qo‘yilgan sahnada (02:06:06), uning egnida osma kamarni ko‘rish mumkin. Keyin Rouz uni bolta yordamida ozod qiladi. Aftidan, u bir vaqtning o‘zida partnyorining osma kamarini kesib tashlaganga o‘xshaydi. (02:06:15). Eng qizig‘i, keyingi kadrda ular o‘z joyiga qaytadi.

“Kuz afsonalari”

Foto: AdMe

“Kuz afsonalari” filmida Tristan rolidagi Bred Pitt o‘zining sariq sochlari bilan XX asr boshidagi dehqondan ko‘ra 90-yillarning rok qo‘shiqchisiga ko‘proq o‘xshagani uchun bir qancha tanqidlarga uchragan.

“Ozod etilgan Jango” 

Foto: AdMe

“Ozod etilgan Jango” filmida qahramon Jeymi Foks qora ko‘zoynak taqadi. Hammasi ajoyib, lekin filmdagi voqealar XIX asrning oxirida sodir bo‘ladi va quyoshdan saqlaydigan birinchi ko‘zoynaklar faqat 1929-yildagina paydo bo‘lgan.