Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida 19-dekabr kuni yong‘in yuzaga keldi. Holat yuzasidan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov komissiya tarkibini tasdiqladi.

Qayd etilishicha, shu kuni 04:50 atrofida shaharning “Vaqf Chorsu” mahallasi Barhayot ko‘chasi 20-uyida gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lgan. Oqibatda mazkur xonadonda yashovchi 4 nafar fuqaro turli darajada kuyish bilan tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali Qo‘qon subfilialiga yotqizilgan.

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov va Qo‘qon shahar hokimi Ma’ruf Usmonov favqulodda vaziyatning sababini tekshirish yuzasidan komissiya tarkibini tasdiqlovchi qarorni imzolagan.