Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi xonadonda gaz portlashi oqibatida oilaning 4 nafar a’zosi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Foto: FVV matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 19-dekabr kuni soat 05:45 da Qo‘qon shahar, Barhayot ko‘chasidagi uyda gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lgan. Uyning 1-qavatiga o‘rnatilgan, rezina shlang bilan ulangan, qo‘l bola uslubda yasalgan isitish pechidan gaz sizib chiqqan.

Foto: FVV matbuot xizmati

Foto: FVV matbuot xizmati

Xonadon egalaridan biri tabiiy gaz hidini sezmay, ertalab soat 05:45 da xona chirog‘ini yoqishi oqibatida havo-gaz aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lgan. Oqibatda xonadonda bo‘lgan 4 kishi turli xil darajadagi kuyish tan jarohatini olgan.

Xabarda aytilishicha, hozirda holat yuzasidan tegishli soha xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.