Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi xonadonlardan birida 23-dekabr kuni yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, shu kuni soat 16:37 da tumanning “Xonto‘pi” mahallasi Diydor 5-tor ko‘chasida joylashgan xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar kelib tushgan.

6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 16:39 da yetib borib, yong‘in soat 17:22 da qurshab olingan va soat 17:33 da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida xonadonning, taxminan, 250-300 kvadrat metr maydondagi tomi, shifti va ichki qismi yonib zararlangan. Jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

“Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, — deyiladi xabarda.