O‘zbekistonning aksariyat hududlarida 26-dekabr kuni qor yog‘ishi kuzatildi. Avvalroq “O‘zgidromet” yakshanba kuni O‘zbekistonda havo harorati -2 daraja sovuqdan +3 daraja iliqqacha o‘zgarib turishi, Qoraqalpog‘iston, Xorazm (ushbu hududlarda bir kun avval qor kuzatilgan) va Farg‘ona vodiysidan boshqa barcha hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi, Toshkentda yomg‘ir qorga aylanishi haqida axborot bergandi. Noqulay ob-havo sharoiti tufayli Taxtaqoracha dovoni yopildi, IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilardan ehtiyotkorlikni oshirishni so‘ramoqda.

Quyida qor burkangan hududlardan olingan videolavhalar bilan tanishish mumkin.

Navoiy viloyati

Samarqand viloyati

Qashqadaryo viloyati

Toshkent shahri

Shuningdek, 25-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham qor yog‘ishi kuzatilgan.

Izoh. Materialning birinchi tahririda 26-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston va Xorazmda qor yog‘gani haqida noaniq axborot berilgan edi. Axborotga tuzatish kiritgani uchun Telegram’dagi @uzb_meteo kanaliga minnatdorchilik bildiramiz.