Mashhurlarning hammasi ham shou-biznes olamiga osonlikcha kelib qolmagan. Ularning orasida tanilguniga qadar boshqa kasbda o‘zini sinab ko‘rganlari kam emas. Harper’s Bazaar nashri bugungi kunda millionlab muxlislarga ega bo‘lgan taniqli shaxslar avvalroq nima bilan shug‘ullangani haqida ma’lumot beradi.

Kim Kardashyan

Foto: Getty Images

Kardashyanlar oilasining shousi 2007-yil efirga uzatilguniga qadar Kardashyan mashhurlar va Los-Anjelesning o‘ziga to‘q fuqarolarining garderob taftishchisi (revizor) bo‘lgan.

Kris Jenner

Foto: Getty Images

Kris Jenner esa 70-yillarning o‘rtalarida American Airlines kompaniyasida bort xodimi bo‘lib faoliyat yuritgan.

Teylor Svift

Foto: Getty Images

Teylor ilk bor 2006-yilda albom taqdim qilganidan keyin odamlar uni taniy boshlagan. Mashhurlikka erishguniga qadar u archa fermasida xodim bo‘lib ishlagan.

Niki Minaj

Foto: Getty Images

Rep yo‘nalishida ijod qiladigan Niki mashhurlikka erishishidan avval dengiz mahsulotlari restoranida ofitsiant bo‘lib ishlagan.

Nikol Kidman

Foto: Getty Images

Gavaida tug‘ilib, Sidneyda voyaga yetgan Nikol esa 1990-yil ilk rolini ijro qilishidan oldin massaj bo‘yicha mutaxassis assistenti bo‘lib ishlagan.

Jennifer Eniston

Foto: Getty Images

Aktrisa ilk bor telemarketing sohasida ikki hafta mobaynida o‘zini sinab ko‘rgan.

Jonni Depp

Foto: Getty Images

Jonni ham Eniston singari telemarketing bilan shug‘ullangan va bu borada uning ham omadi chopmagan.

Xyu Jekman

Foto: Getty Images

Aktyorlik karyerasini boshlagunicha Xyu Jekman Buyuk Britaniyadagi maktablardan birida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan.

Jennifer Xadson

Foto: Getty Images

Xadson Disney’ning kruiz laynerida ishlagan. Kemada tashkillashtirilgan spektakllarda rol ijro qilgan Jennifer shundan keyingina aktrisa bo‘lgan.