Estoniya, Latviya va Litva NATOdan ushbu mamlakatlar hududidagi harbiy ishtirokini oshirishni so‘ragan. Bu haqda Estoniya bosh vaziri Kaya Kallas Reuters agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: The Insider

Kallasning so‘zlariga ko‘ra, NATO harbiy ishtirokini kengaytirish Rossiyani “tiyib turuvchi omil” bo‘lishi mumkin.

Boltiqbo‘yi davlatlarining iltimosi fevral oyi o‘rtalarida alyansga a’zo mamlakatlar mudofaa vazirlarining yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi mumkin, degan NATOning anonim diplomati Reuters’ga.

NATO kontingenti 2014-yildan, Qrim Rossiyaga qo‘shib olinganidan va Ukraina sharqida qurolli mojaro boshlanganidan keyin Boltiqbo‘yi mamlakatlarida doimiy bo‘lib turibdi. Hozirda Litva, Latviya va Estoniyada mingga yaqin NATO askari joylashgan.

12-yanvar kuni Bryusselda ikki yil ichida birinchi marta Rossiya—NATO sammiti bo‘lib o‘tdi, uning asosiy mavzusi Yevropa xavfsizligi edi. Yakunda tomonlar fundamental masalalar bo‘yicha pozitsiyalari bir-biriga mos kelmayotganini ochiq aytdi, biroq ular muzokaralarni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.