O‘zbekiston va dunyoning turli burchaklarida olingan sara suratlarni taqdim etamiz.

AQShning Merilend shtatida oq boshli ikki burgut o‘lja talashdi. Bir daqiqaga yaqin davom etgan kurashdan so‘ng baliq haqiqiy egasiga nasib qildi.

Foto: Legion Media

Chilonzor tumani Beshyog‘och ko‘chasidagi binolardan birining eshigidan mo‘ralayotgan lo‘lilar. Ular ba’zan bir guruh, ba’zan alohida bo‘lib shu atrofdagi odamlarga nam salfetka sotib yurishadi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Drezden hayvonot bog‘idagi flamingolar.

Foto: Getty Images

Mumbayda Hosil festivali o‘tkazildi.

Foto: EPA

Anjelo Bonelloning Run Beyond nomli installyatsiyasi London shahridagi Battersi elektr stansiyasida yorug‘lik shousi o‘ytkazilishidan avval o‘rnatildi.

Foto: Getty Images

Boris Jonson kabi kiyingan bir guruh erkaklar Dauning-strit oldida yig‘ilib, “Boris ziyofatni yaxshi ko‘radi” deb hayqirmoqda.

Foto: Rex

Vashingtondagi burgut haykalida turgan qutb boyo‘g‘lisi.

Foto: “TASS”

Sidneydagi “Muzliklar erishi” festivalining ochilishida 2,5 tonnalik muz blokining tepasida namoyish ko‘rsatayotgan ayol.

Foto: EPA

Serbiyaning Belgrad shahrida eski Yangi yil nishonlandi. Eski Yangi yil yoki pravoslav Yangi yili norasmiy an’anaviy bayram bo‘lib, Yulian taqvimi bo‘yicha yangi yil boshlanishi sifatida nishonlanadi.

Foto: “TASS”

Shveysariyada tog‘ chang‘isi bo‘yicha FIS Jahon kubogi boshlandi. Suratda: Shveysariya harbiy havo kuchlarining akrobatika jamoasi chiqish qilmoqda.

Foto: EPA

Braziliyalik rassom Siron Frankoning “Renascimento” (Qayta tug‘ilish) asari San-Paulodagi Casa das Rosas madaniyat markaziga o‘rnatildi. San'at asari tibbiyot xodimlari va pandemiya qurbonlari hurmatiga osilgan 365 ta manekendan iborat.

Foto: AFP

Szyansi provinsiyasida Xitoy Yangi yili oldidan ajdaho raqsi bilan shug‘ullanayotgan odamlar.

Foto: Getty Images

Braziliyada yog‘gan kuchli yomg‘ir oqibatlari.

Foto: Getty Images

Germaniyada quyosh chiqishi.

Foto: “TASS”

Xitoy safari bog‘ida egizak yo‘lbars bolalari.

Foto: Getty Images

Nepalda og‘ir atletika bo‘yicha mamlakat chempionati boshlandi.

Foto: EPA

Yaponiyaning Makuhari Messe shahridagi Tokyo Auto Salon 2022 ko‘rgazmasi xodimi.

Foto: Reuters

Shri-Lankaning Ampara tumanidagi ochiq poligonda yovvoyi filning jasadi yotibdi. Tabiatni muhofaza qiluvchilar va veterinar shifokorlar plastik chiqindilar mintaqadagi fillarni nobud qilayotganidan ogohlantirmoqda.

Foto: AP Photo

Hindistonning Prayagraj shahridagi Makara Sankranti festivali paytida hindular Sangamda – Gang, Yamuna va afsonaviy Sarasvati daryosining qo‘shilish joyida ibodat qilmoqda.

Foto: AP Photo

Indoneziyaning Shimoliy Ache provinsiyasi Nisam shahrida bola qo‘l traktori bilan sholizorga ishlov beryapti.

Foto: AFP