Ulug‘bek Muhammadiyev prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “Nigoh” xabar berdi.

Foto: “Nigoh”

Qayd etilishicha, shu munosabat bilan u Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori lavozimidan ozod etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Ulug‘bek Muhammadiyev 2020-yil iyul oyigacha ham fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. So‘ng Davlat xizmatlari agentligi direktori etib tayinlangandi.

Ulug‘bek Muhammadiyev 1977-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1999-yilda Toshkent davlat universiteti (kunduzgi), 2003-yilda O‘zbekiston Milliy universiteti (sirtqi)ni tamomlagan, mutaxassisligi matematik, huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2001-yilda O‘zbekiston prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmatining ish yurituvchisi lavozimidan boshlagan.