O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning nabiralari Imon Karimova va Maryam Tillayeva Samarqandga safari chog‘ida bobosining qabrini ziyorat qildi.

Foto: Instagram / @iman.k17

Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova 16-yanvar kuni o‘zining Instagram’dagi sahifasida joylagan suratlarning birida Lola Karimova-Tillayevaning to‘ng‘ich farzandi Maryam bilan Islom Karimovning qabriga gullar qo‘ygani aks etgan. Surat ostidagi izohda esa Samarqand va bobosi haqida xotiralarini yozib qoldirgan.

Maryam Tillayeva ham o‘zining Instagram’dagi sahifasida shu suratni joylab, bobosining qabrini ilk bor ziyorat qilayotganini, buni anchadan beri niyat qilganini yozib qoldirgan.

Foto: Instagram / @iman.k17

Foto: Instagram / @iman.k17

Eslatib o‘tamiz, Gulnora va Lola Karimovalarning qizlari Imon va Maryam 8 yil deganda Toshkentda diydor ko‘rishdi.