Qish ziynati – qor. Ammo uning yildan yil kamayib, gohi deyarli yog‘may qolayotgani yomon. Avvalgi qorbo‘ron o‘yinlari-yu, qorbobo yasashlar, chanada uchishlar-u tizza bo‘yi yog‘adigan laylak qorlar bugun o‘tmishda qolib ketgandek... Lekin O‘zbekistonning tog‘li joylarida atrofga ko‘rk berib, qahraton nafasini tuydiradigan maskanlari bor. Mana shular sal bo‘lsa-da kayfiyatni ko‘taradi. “Daryo” qish oxirlamay Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining past-baland qorli yo‘llaridan yurib,  ayrim oromgohlarning takrorlanmas manzaralarni kadrga muhrlashga shoshildi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Tog‘lardagi qor siyrak bo‘lsa-da, havo juda sovuq. Balki, shuning uchun yo‘l chetidagi qor o‘z holicha, erimay turgandir. Bo‘stonliq tumanining bir qancha oromgohlari, dam olish maskanlari joylashgan hududga yetguncha atrofdagi manzara deyarli bir xil – siyrak qor-u, past-baland tog‘lar, adirliklardan iborat, xolos.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Ichkariga kirilgani sari qor qalinlashib, mashina yurishi ancha sekinlasharkan. Hatto ayrim joylarda haydovchi ortga qayrilolmay, qorga botib qolarkan. Shunda maxsus mashinalar yordamga kelib, haydovchi bilan mashinani xavfsiz joyga chiqarib beradi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Bo‘stonliq tumanida joylashgan oromgohlardagi qo‘riqchi itlar tashrifchilarga shu qadar o‘rganib qolganki, kelganlarning atrofida bemalol yurib, erkalab-siypalashiga ham indamas ekan.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qorbo‘ron – bolalarning eng sevimli o‘yini. Biroq oxirgi paytlari shahardan “arazlagan” qor bolalarga bu zavqni ulashmay qo‘ydi. O‘g‘il-qizlarining toza havoda yayrab, miriqib o‘ynashi, dam olishini ko‘zlagan ota-onalarning ko‘pi ta’til vaqti oilaviy jam bo‘lib, shu yerga kelishadi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Ona tabiat qahratonda ham bag‘ridagi ko‘katini e’tiborsiz qoldirmasligini qor qo‘ynidagi o‘t-o‘landan bilish mumkin. Ayrim gullar allaqachon qurib bo‘lgan, lekin tomiri hali tirik — bahor kelsa qaytadan ko‘karib chiqaveradi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Davlatnikidan tashqari xususiy oromgohlar ham anchagina ekan. Do‘st-og‘aynilari bilan dam oladiganlar esa undanam ko‘p.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Tevarak-atrof tozaligiga javobgar ishchilar sabab hududda ortiqcha chiqindi ko‘zga tashlanmaydi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qorni sog‘inganlarga oromgoh-u tog‘larini qizg‘anmaydigan Bo‘stonliqdan nafaqat qishda, balki yil o‘n ikki oyda ham qadam uzilmaydi. Betakror tabiati, tarovati bilan ko‘ngillarni zabt etgan maskanning qishi ham o‘zgacha – faqat o‘ziga yarashadi.