Samarqand shahrida 16-yanvar kuni kuchli shamol oqibatida ko‘p qavatli uylardan birining tomi uchib ketdi. Bu haqda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Foto: Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi

Qayd etilishicha, shu kuni soat 03:22 atrofida Gagarin ko‘chasida joylashgan 36-uyning tom yopmasining bir qismi kuchli shamol esishi sabab pastga tushib ketgan.

Foto: Telegram

Sodir bo‘lgan holat oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Foto: Telegram

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarda aytilishicha, shamol oqibatida tomi qulab tushgan ko‘p qavatli uy yangi qurib topshirilgan uy hisoblanadi.

Ma’lumot uchun: viloyat Gidrometeorologiya xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, 16-yanvar kuni soat 03:17 larda Samarqand shahrida 15 metr/sekund tezlikda shamol esgan.