Qobiliyat ota-onadan meros bo‘ladi va ijodkorning farzandlari ham shu sohani tanlashadi, deyishadi. Ammo bu fikr har doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. San’at vakillari orasida ota-onasi san’atga mutlaqo begona bo‘lganlar ham bor. Keling, ularning ayrimlari bilan tanishamiz.
Ozoda Nursaidova
Foto: Instagram / @ozodaofficial
“Onam avtobazada dispetcher bo‘lib ishlagan. Dadam esa podpolkovnik bo‘lib, uzoq yillar ichki ishlar tizimida faoliyat yuritgan. Hozir ularning ikkisi ham nafaqada”, — deydi xonanda Ozoda Nursaidova.
Muhammadali Abduqunduzov
Foto: Muhammadali Abduqunduzovning shaxsiy arxividan. Aktyor otasi bilan.
“Otam rahmatli choyxonachi bo‘lgan. Farg‘onadagi uyimizda katta choyxona bo‘lgan, mijozlar tongdan to kechki shomgacha kelishardi. Onam idishlarni yuvish, otam esa samovar ishlari va ovqat qilish bilan band edi”, — deydi aktyor Muhammadali Abduqunduzov.
Nigora
Foto: Instagram / @nigoraaarogin
“Otam rahmatli avtobus haydovchisi bo‘lgan. Onam esa bolalar shifokori bo‘lib ishlagan. Ular katta daromadli sohada ishlashmagan bo‘lsa ham, besh farzandni birovdan kam qilmay katta qilishgan”, — deydi Nigora.
Sitora Farmonova
Foto: Instagram / @sitorafarmonovaofficial
“Onam esimni taniganimdan buyon uy bekasi. Otam esa shu kungacha faqat tadbirkorlik bilan shug‘ullangan. Hozir ham otamning shaxsiy biznesi bor”, — deydi aktrisa.
Ziyoda
Foto: Instagram / @ziyodamusic
“Avval oilamiz oshpazlik bilan shug‘ullangan. Bunga sabab onam tamaddixonada oshpaz bo‘lib ishlagan. Keyinchalik ovqat biznesi bilan ham shug‘ullanishgan”, — deydi Ziyoda.
Intizor Tojiboyeva
Foto: Instagram / @madina_tadjibayeva
“Onamning san’atga aloqasi yo‘q. U bir necha yildan buyon rus boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga saboq beradi. Onam katta tajribaga ega, mehribon ustoz ekanligidan faxrlanaman”, — deydi yosh aktrisa Intizor Tojiboyeva.
Luiza Rasulova
Foto: Instagram / @luiza_rasulova
“Onam ancha yil bolalar shifokori bo‘lib ishlagan. Dadam esa jamoat tartibini saqlovchi ichki ishlar xodimi bo‘lgan”, — deydi aktrisa.
Sug‘diyona Azimova
Foto: Instagram / @sugdiona_aziimovaa
“Onam ancha yil agronom-mexanizator bo‘lib ishlagan. Hozirgi kunda esa uy bekasi, endi ishlashlariga zarurat yo‘q”, — deydi Sug‘diyona Azimova.
Nigora Karimboyeva
Foto: Instagram / @nigorakarimbayeva_
“Dadam pedagog bo‘lib, qurilish kollejida faoliyat yuritgan. Onam esa arxitektor bo‘lgan, ammo oilaviy sharoit sabab ishdan bo‘shashga majbur bo‘lgan. Faqat xafa bo‘lmaysiz, shaxsiy rasmlarni ommaga ko‘rsatolmayman. Oilamizda bu ta’qiqlangan”, — deydi aktrisa.
Halima Ibragimova
Foto: Instagram / @xalimaxonim
“Onam oddiy uy bekasi bo‘lgan. Dadam esa dastlab qurilishda oddiy ishchi bo‘lib ishlagan. Undan keyin 7-avtokorxonada bosh muhandis lavozimigacha faoliyat yuritgan. Afsuski, ularga nafaqa gashtini surish nasib etmadi. Ancha erta vafot etishdi”, — deydi aktrisa Halima Ibragimova.
Umidaxon
Foto: Instagram / @umidaxonhojieva
“Aslida, ota-onamning ikkovlari ham san’atkor bo‘lishgan, ammo ular yakkaxon sifatida ijod qilisholmagan. Otam ‘Shodlik’ ansamblida xonanda bo‘lib, onam esa uzoq yillar O‘zbekiston radio televideniyesidagi xor jamoasida faoliyat yuritgan”, — deydi xonanda Umidaxon.
Mavzuga doir:
- San’atkor ota-onasining yo‘lini tutgan o‘zbekistonlik aktyor va xonandalar (foto)
- Foto: Mashhurlikda ota-onasidan o‘ta olmagan yulduzlar
- Foto: Hind kinosi yulduzlari va ularning ota-onalari
- Ota-onasining qarshiligiga qaramay aktrisalikka qadam qo‘ygan Bollivud yulduzlari (foto)
- Ota-onasining mashhurligi soyasida qolib ketgan hind aktyor va aktrisalari (foto)