Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.

Turkiyaning eng taniqli aktrisalaridan biri Fahriye Evjen o‘g‘li Karan bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

“Benom” guruhining kliplaridagi obrazlari bilan el nazariga tushgan aktrisa Nargiza Gulmuhammedova ilk marta ona bo‘ldi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Teleboshlovchi va xonanda Husnora Shodiyevada koronavirus aniqlandi. U folloverlariga ayni paytda o‘zini qanday his qilayotgani haqida so‘zlab berdi.

Dilso‘z uyida o‘z boqadigan mushugi bolalagani haqida so‘zlab berdi.

Foto: Instagram

Davron Kabulov tadbirkor Murod Nazarovning mehribonlik uyidan 9 nafar qizni asrab olganini piar deb atayotgan, Azamat Ahrorovning otasiga Gentra sovg‘a qilganini ko‘zbo‘yamachilikka yo‘yayotgan odamlarga murojaat yo‘lladi hamda hamkasblarga maydagaplarga e’tibor bermaslikni maslahat berdi.

Foto: Instagram

O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova muvaffaqiyatga erishishida akasidan minnatdor ekani, akasi bir paytlar onasiga qarshi chiqib, uni Toshkentga o‘qishga olib kelgani haqida so‘zlab berdi.

Sitora Farmonovaning fikricha, “Yaxshilik — hech qachon eskirmaydigan kiyimdir”.

Foto: Instagram

Munisa Rizayeva Erali Boyqobilov va uning singlisini hayvonot bog‘iga olib bordi. Xonanda Eraliga rus tilini ham o‘rgatmoqda.

Hosila Rahimova muxlislarining yaxshi kunlarida xizmat qilishdan faxrlanishini ma’lum qildi.

Foto: Instagram

Taniqli opera xonandasi Shirin Mamatova koronavirusga chalinganini ma’lum qildi.

Aktrisa Bahora Arslonova “Baxt ovchisi” serialidagi kundoshi Zulya bilan birga tushgan suratini hazilomuz izohladi.

Foto: Instagram

Ijtimoiy tarmoqlarda asli o‘zbekistonlik bo‘lgan xonanda Sogdiananing Instagram’da jonli efir qilayotgan paytida avariyaga uchragani aks etgan video tarqalmoqda. Katta ehtimol bilan bu hodisa Yangi yil bayramidan avval yuz bergan. Videoda xonanda Yangi yil kayfiyatida ekanligi, bayramga sovg‘alar xarid qilishi kerakligi haqida gapira turib, YTHga uchragani, telefon qo‘lidan tushib ketib, xonandaning hushidan ketganini ko‘rish mumkin.